"Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvi prevyusi
08 mar 2018 08:55
Yangiliklar
"Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvi prevyusi
Superliganing 2-turida muxlislar "Bunyodkor" va "Paxtakor" o'rtasidagi Toshkent derbisiga guvoh bo'lishadi.
Toshkentning ikki eng sovrindor jamoasi o'zaro chempionatlar doirasida 22 bor to'qnash kelgan. "SHerlar" 6 bellashuvda zafar quchishgan, 7 o'yinda "Bunyodkor" g'olib chiqqan. 9 uchrashuvda jamoalar durang o'ynashgan.
Raqibga qarshi bellashuvlarda "Paxtakor" to'purari Igor Sergeev sanaladi. U 5 gol urishga erishgan. Igor ulardan uchtasini uyda, ikkitasini safarda kiritgan. Aleksandr Geynrix, Stanislav Andreev, Kaxi Maxaradze va Jamshid Iskanderov esa ushbu raqib darvozasini ikki martadan ishg'ol qilishga erishishgan.
"Bunyodkor" va "Paxtakor" o'rtasidagi 23-to'qnashuv 10 mart, shanba kuni "Bunyodkor" stadionida soat 17:30da boshlanadi.
Yoshlar jamoalari o'yini 9 mart, juma kuni "Bunyodkor" akademiyasi maydonida 16:00da boshlanadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar