Bunyodkor - Paxtakor. Uchrashuvga kirish bepul!
30 mar 2019 09:15
Yangiliklar
CocaCola Superliganing 2-turidan o'rin olgan «Bunyodkor» - «Paxtakor» uchrashuvi turning markaziy o'yini maqomini olgan. Markaziy, qolaversa, poytaxt derbisini bevosita stadionda tomosha qilish har qanday futbol ishqiboziga zavq bersa ajab emas. «Bunyodkor» millionlar o'yining ashaddiy ishqibozlariga shunday imkoniyat yaratib bermoqda. CHiroyli, qiziqarli, kurashlarga boy, shiddatli o'yin tomosha qilmoqchimisiz, shunchaki stadionga tashrif buyuring va o'z jamoangizni qo'llab-quvvatlang.
«Bunyodkor» - «Paxtakor» uchrashuvini bevosita tribunada tomosha qilishni xohlagan muxlislar bepul chiptalarni o'yin kuni «Paxtakor» markaziy stadioni darvozalari oldida bunga masul insonlardan olishlari mumkin. Eslatiz o'tamiz, «Bunyodkor» muxlislariga stadionning 20-21-22 sektorlari ajratilgan.
«Bunyodkor» muxlislar uchun o'ynaydi!

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar