“Bunyodkor” o'yinoldi rasmiy mashg'ulotini o'tkazdi
31 mar 2014 20:04
Yangiliklar

“Bunyodkor” o'yinoldi rasmiy mashg'ulotini o'tkazdi
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi “Fulad”ning uy arenasi – “G'adir” stadionida rasmiy mashg'ulotini o'tkazdi.
“Qaldirg'ochlar”ning mashg'uloti mahalliy vaqt bilan 17:30 (Toshkentda 18:00 bo'ladi)da boshlandi. Mirjalol Qosimov bir soatga yaqin davom etgan tayyorgarlik davomida Eronga tashrif buyurgan 18 nafar futbolchi bilan mashg'ulot o'tkazdi.
Takidlash joizki, “G'adir” stadioni o'z bag'riga 51.000 muxlisni sig'dira oladi va uning hozirgi holati yuqori bahoga loyiq.
Eslatib o'tamiz, Osiyo CHempionlar ligasi 4-turi doirasidagi “Fulad” – “Bunyodkor” uchrashuvi 1 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:30 (Toshkentda 18:00 bo'ladi)da boshlanadi.

Fikrlar