So’nggi yangiliklar

03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  19 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  0 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  10

"Bunyodkor-W" OCHLda qatnashishini bilasizmi? Yangiliklar

"Bunyodkor-W" OCHLda qatnashishini bilasizmi?

Teglar :  OCHLBunyodkor-W
Tarixda 2-bor ayollar o'rtasidagi Osiyo CHempionlar Ligasi bahslarini o'tkazilyapti.

2019 yilda 4 mamlakat jamoalari (sharq mintaqasi) ishtirokida ilk mavsumi o'tgan turnir pandemiya tufayli 2020 yilda o'tkazilmadi. OFK turnir ishtirokchilari sonini 2021 yilda 8, 2023 yilga borib 12, 2025 yilda esa 16 taga chiqarishni reja qilgan.

2021 yilgi mavsum 7 noyabr kuni start oladi. Unda sharqiy mintaqa vakillari ishtirok etishdan bosh tortgani tufayli musobaqa g'olibi g'arbning 4 klubi o'rtasida aniqlanadi:

1. "Bunyodkor-W" (O'zbekiston)

2. “Sri Gokulam Kerala” (Hindiston)

3. “SHahrdari Sirjan” (Eron)

4. “Amman klub” (Iordaniya)

Barcha bahslar markazlashgan tarzda Iordaniyaning eng janubida joylashgan Aqaba shahrida 2021 yil 7-13 noyabr kunlari bo'lib o'tadi. Unda Oliy Liganing 2020 yilgi g'olibi sifatida "Bunyodkor" ayollar jamoasi yurtimiz sharafini himoya qiladi.

"Qaldirg'ochlar” ishtirokidagi uchrashuvlar taqvimi:

07.11. “SHahrdari Sirjan” (Eron) - “Bunyodkor”

10.11. “Bunyodkor” - “Amman klub” (Iordaniya)

13.11. “Bunyodkor” - “Sri Gokulam Kerala” (Hindiston)

Championat.asia'ga malum bo'lishicha, “Bunyodkor” jamoasining 37 kishidan iborat delegaciyasi (23 nafari futbolchilar) musobaqaga 3 noyabr kuni Toshkent-Istanbul-Amman-Aqaba marshruti bilan yo'l olishi rejalashtirilmoqda. Qaytish 14 noyabrga mo'ljallangan.

Malumot uchun, “Bunyodkor-W” o'zbek futboli tarixida ayollar o'rtasidagi Osiyo CHempionlar ligasida qatnashadigan yurtimizning birinchi jamoasi bo'ladi. Aqaba shahrida o'tadigan turnir haqidagi malumotlar va futbolchilar bilan intervyularni saytimiz orqali kuzatib boring!

"Ayollar odam emasmi?" (maqola)

Muallif :
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика