So’nggi yangiliklar

13:33Иско жиддий жароҳат олди  0 13:05Япония терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурар вафот этди  0 12:37"Пахтакор-79" жамоасини хотирлаш тадбиридан ГАЛЕРЕЯ  2 12:21Суперлига. 18-тур дисквалификациялари: "Бунёдкор", "Сурхон" ва "Хоразм"да йўқотиш бор  0 12:00МЮ янги футболчиси муҳокамалар марказида  1 11:37Афсонавий ҳимоячи фаолиятини якунлади  3 10:59ПСЖ 150 миллион евролик трансфер бўйича иш бошлади  6 10:31Азар барча даврларнинг энг яхши ҳимоячиси ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:00ПСЖ 65 миллион евролик трансферни ҳал қилди  1 09:26Пролига. 11-турга старт берилади  1 08:56"Пахтакор-79" фожиасига 46 йил тўлди  5 08:51Sofascore. Муҳаммадали Ўринбоев Белгиядаги дебют ўйинида қандай баҳо олди?  3 08:15Яна бир ТОП футболчи "Ал Насср"га ўтишга розилик берди  3 07:38Суперлига. Бугун Фарғона ва Самарқандда даҳшатли ўйинлар бор  30 07:05"Кристал Пэлас" "Ливерпул"ни мағлуб этиб, ўз тарихида илк марта Англия Суперкубогини қўлга киритди  0

"Bunyodkor" OCHL-2014ni durang bilan boshladi Yangiliklar

"Bunyodkor" OCHL-2014ni durang bilan boshladi

“Bunyodkor” klubi OCHL-2014 guruh bosqichini Saudiya Arabistonida “Al Fath”ga qarshiga qarshi o'yin bilan boshladi.
Sir emaski, mavsum avvalida “Bunyodkor”ni asosiy tarkibning besh nafar futbolchisi tark etgandi. Bu esa tabiiyki, jamoa o'yinini deyarli yangidan shakllantirishni taqazo etardi. Ilk rasmiy uchrashuv uchun bosh murabbiy Mirjalol Qosimov 4-4-1-1 taktik sxemasini afzal bildi. Darvozani Murod Zuhurov qo'riqlagan bo'lsa, himoya markazi Sergey Simonenko hamda Xayrulla Karimovga ishonib topshirildi. Qanotlarni Akmal SHorahmedov va Sahob Jo'raev egallashdi. Ispaniyalik Karlez Koto o'ng, Sardor Rashidov chap qanot vingeriga aylangan bo'lishsa, markaz Javlon Ibrohimov bilan Dilshod Jo'raevga berildi. Hujumchi Aleksandr Pishur ortida Vohid SHodiev to'p surdi.

Qayd etish kerak, dastlabki 45 daqiqalik keskin xavfli hujumlar bilan yodda qolgani yo'q. “Bunyodkor” yangi mavsumdagi ilk rasmiy o'yinda tavakkalga qo'l urmay, to'liq birinchi bo'limni maydonga moslashish, raqibni o'rganish va futbolchilarning o'zaro tushunib to'p surishlarini shakllantirishga sarf qildi. O'z navbatida “Al Fath” futbolchilari ham tajribali raqibga qarshi tavakkal qilishdan tiyilib, bir daqiqa bo'lsin himoyani unutmagan holda to'p surishdi. Ular maydon markazidagi kichik ustunlik evaziga bir necha bor jarima maydonchasi tomon tezlik bilan yaqinlashib kelishdi. Biroq “Bunyodkor” himoyachilari vaziyat keskinlashuviga yo'l qo'yishmadi. SHu tariqa dastlabki bo'lim Kim Dong Jin tomonidan ko'rsatilgan 3ta sariq kartochka bilan yodda qoldi. SHularning 2tasi mehmonlarga tegishli bo'lib, Vohid SHodiev hamda Dilshod Jo'raev o'z hisoblariga ogohlantirish yozib qo'yishdi.

Ikkinchi 45 daqiqalikni “qaldirg'ochlar” anchagina faol boshlashdi. Buning samarasi o'laroq Qosimov shogirdlari 48-daqiqadayoq hisobni ochishlari mumkin edi. O'ng qanotdan hujumga o'tgan Karles Koto to'pni jarima maydonchasi ichiga havolatib uzatdi. Himoyachilar taqibidan chetda qolgan Sardor Rashidov esa bosh bilan ko'ngildagidek zarba bera olmadi.

Butun o'yin davomidagi eng xavfli hujum ham mehmonlar tomonidan o'yinning 64-daqiqasida tashkil etildi. Akmal SHorahmedov o'ng qanotdan turib to'pni jarima maydonchasi ichiga ko'tarib berdi. Vohid SHodievning bosh bilan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan bartaraf etgan bo'lsa, keyinchalik darvozaga kirib ketayotgan to'p yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi.

O'yinning qolgan daqiqalarida aytarli xavfli hujumlar bo'lgani yo'q. Dilshod Jo'raevda sariq kartochka borligi va qolaversa o'yinni kuchaytirish maqsadida Qosimov Sardor Sobirxo'jaevni u bilan almashtirgan bo'lsa, keyinchalik Oleg Zoteevning maydonda bo'lishi ham, hisobga tasir o'tkaza olmadi.

SHu tariqa “Bunyodkor” mavsumning ilk rasmiy o'yinida golsiz durangga imzo chekdi. Qayd etish kerak, “Al Fath”ga qarshi o'yin “qaldirg'ochlar” uchun Saudiya klublari bilan safardagi oltinchi to'qnashuv edi. Bunga qadar uch bor safardan mag'lubiyat bilan qaytgan “Bunyodkor”, bugungi durang bilan uchinchi murosaga rozi bo'ldi.
 
Osiyo chempionlar ligasi.
“V” guruhi. 1-tur
“AL FATH” (Saudiya Arabistoni) – “BUNYODKOR” (O'zbekiston) 0:0
Hakam:
Kim Dong Jin (Janubiy Koreya)
“Al Fath”: 12. Ali Al Mazyadi, 4. Badr Al Nakli, 5. Jamel Ammar, 7. Hamdan Al Hamdan (s) (88. Muborak Al Asmari 75), 8. Husayn Al Moqahvi, 9. Doris Salomo, 14. Fehaid, 17. Abdulloh Ali, 21. Muhammad Haydar (80. M. Sulton 91), 32. Abdulaziz Yusuf, 77. Elton Xose Xaver Gomes (15 Badir Al Hamis 85).
“Bunyodkor”: 25. Murod Zuhurov, 2. Akmal SHorahmedov, 4. Xayrulla Karimov (s), 5. Dilshod Jo'raev (27. Sardor Sobirxo'jaev 63), 8. Javlon Ibrohimov, 11. Aleksandr Pishur, 14. Vohid SHodiev, 16. Karles Koto (33. Oleg Zoteev 80), 21. Sardor Rashidov, 23. Sahob Jo'raev, 40. Sergey Simonenko.
Ogohlantirishlar: Al Fehayd Salah (23) - Vohid SHodiev (13), Dilshod Jo'raev (22), Sardor Sobirxo'jaev (88)
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика