"Bunyodkor” – “Neftchi”. Videoprevyu
01 may 2015 10:33
Yangiliklar

"Bunyodkor” – “Neftchi”. Videoprevyu
2 may, shanba kuni Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi Farg'onaning “Neftchi” klubini qabul qiladi.
Ushbu uchrashuv jamoalarning o'zaro hisobdagi o'n ettinchi to'qnashuvi sifatida qayd etiladi. SHu kungacha o'tkazilgan o'n olti o'yinning o'n bittasida “qaldirg'ochlar”ning qo'llari baland kelgan bo'lib, bir uchrashuvda farg'onaliklar g'olib bo'lishgan. Qolgan to'rtta bahsda esa tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan. To'plar farqi 26:6, “Bunyodkor” foydasiga.
O'zaro o'yinlarda eng ko'p to'p kiritgan futbolchi Anvar Berdiev hisoblanadi. Endilikda “qaldirg'ochlar” sharafini himoya qilayotgan ushbu hujumchi farg'onaliklar tarkibida “Bunyodkor” darvozasiga to'rtta to'p kiritgan.
Eslatib o'tamiz, 2 may kuni bo'lib o'tadigan oliy liga 7-turi doirasidagi “Bunyodkor” – “Neftchi” uchrashuvi “Bunyodkor” stadionida soat 18:00da boshlanadi.
Quyida “Bunyodkor” va “Neftchi” jamoalarining toshkentliklar mezbonligida o'tgan uchrashuvlar qaydnomalaridan ko'chirmalar va barcha gollar videohavolasi keltirilgan.
TAS-IX
TAS-IX emas

Fikrlar