So’nggi yangiliklar

11:25Бахтсиз ҳодисада омон қолган Майкл Антонио "Вест Хэм"ни тарк этди  0 10:45Жанлуижи Доннаруммага ТОП клублардан таклиф тушди  1 10:12Можаро давом этади. Тер Штеген "Барселона" шифокорларини уйига киритишдан бош тортмоқда  8 09:40Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди  1 09:08МЮ Антонига нарх белгилади  0 08:36"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  12 08:03Суперлига. Бугун 17-тур якунланади  3 07:30"Ал Насср" Португалия клубини йирик ҳисобда мағлуб этди. Роналдудан хет-трик  1 07:15Суперлига. Водий дербисида "Нефтчи" ғалаба қозонди, "Андижон" эса "Насаф" билан дуранг ўйнади  1 01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  2 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  1 00:17Шешко Каррингтонда  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  34 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  14 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  8

“Bunyodkor” – “Navbahor”. Videoprevyu Yangiliklar

“Bunyodkor” – “Navbahor”. Videoprevyu

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi oliy liga 5-turi doirasida Namanganning “Navbahor” klubini qabul qiladi.
Ushbu bahs “Bunyodkor” va “Navbahor” jamoalarining milliy chempionat doirasidagi o'zaro o'n ettinchi uchrashuvi sifatida qayd etiladi. Bungacha o'tkazilgan o'yinlar qaydnomalariga nazar tashlar ekanmiz, unda yaqqol ustunlik “qaldirg'ochlar” tomonida ekanligiga guvoh bo'lamiz – o'tkazilgan o'n olti o'yinning o'n ikkitasida “Bunyodkor” g'olib chiqqan. Ikki uchrashuvda namanganliklar zafar quchishgan va ikkita bahs durang natija bilan yakun topgan. To'plar farqi 36:7, albatta bizning foydamizga.

O'zaro o'yinlar to'purari endilikdagi sobiq futbolchimiz – Viktor Karpenko. U “Navbahor” jamoasi darvozasiga besh marotaba to'p kiritgan.

Toshkentda o'tgan o'yinlarning barchasida “Bunyodkor” g'olib chiqqan. Etiborlisi, namanganliklar Toshkentdagi bahslarda atigi bir marotaba gol urishgan xolos.

Uchrashuvini Dmitriy Pisligin boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradilar.

Oliy liga, 5-tur
17 aprel, juma
“Bunyodkor” stadioni. Soat 19:00
“BUNYODKOR” – “NAVBAHOR”
Bosh hakam:
Dmitriy Pisligin (Toshkent)
Qanot hakamlari: Andrey Capenko (Yangiyo'l), Abdurahmon Qo'ldoshev (Buxoro)
Zaxira hakami: Igor Gormashov (Toshkent)
Nazoratchi: Farhod Abdullaev (Toshkent)
Komissar: Alisher Mo'minov (Toshkent)

Quyida “Bunyodkor” va “Navbahor” jamoalarining Toshkentdagi o'zaro o'yinlari natijalari va gol mualliflari bilan tanishishingiz mumkin.

BUNYODKOR - NAVBAHOR 3:1 (2:1)
05.05.2007. 8-tur. Toshkent. MHSK stadioni. 6000 tomoshabin
Gollar:
Viktor Karpenko, 15 (1:0), Vladimir SHishelov, 24 (2:0), Vladimir Baranov, 42 (2:1), Viktor Karpenko, 84 (3:1)

BUNYODKOR - NAVBAHOR 1:0 (1:0)
02.03.2008. 1-tur. Toshkent. MHSK stadioni. 9000 tomoshabin
Gollar:
Ulug'bek Baqoev, 24 (1:0)

BUNYODKOR - NAVBAHOR - 6:0 (4:0)
21.06.2009. Toshkent. “Jar” stadioni. 5815 tomoshabin
Gollar:
Xose-Luis Vilyanueva, 13 (1:0), Xose-Luis Vilyanueva, 16 (2:0), Rivaldo, 23 (3:0), Rivaldo, 40 (4:0), Server Jeparov, 57 (5:0), Anvarjon Soliev, 90+2 (6:0)

BUNYODKOR – NAVBAHOR 2:0 (1:0)
20.08.2010. 18-tur. Toshkent “Jar” stadioni 3109 tomoshabin
Gollar:
Viktor Karpenko 37 (1:0), Temur Kapadze 69 (2:0)

BUNYODKOR – NAVBAHOR 1:0 (1:0)
12.03.2011. Toshkent. “Jar” stadioni. 7244 tomoshabin
Gol:
Milosh Trifunovich 2

BUNYODKOR – NAVBAHOR 1:0 (0:0)
19.10.2013. 23-tur. Toshkent. “Jar” stadioni. 573 tomoshabin
Gol:
Kamoliddin Murzoev 90+3

BUNYODKOR – NAVBAHOR 5:0 (2:0)
20.09.2013. 18-tur. Toshkent. “Paxtakor” markaziy stadioni. 201 tomoshabin
Gol:
Sardor Rashidov 2 (1:0), Anvar Berdiev 15 (2:0), Anvar G'ofurov 63 (3:0), Igor Taran 74 (4:0), Igor Taran 89 (5:0)

BUNYODKOR – NAVBAHOR 3:0 (0:0)
02.05.2014. 7-tur. Toshkent. “Jar” stadioni. 2476 tomoshabin
Gollar
: Vohid SHodiev 58 (1:0), Sardor Rashidov 89 (2:0), Oleksandr Pishur 90+2 (3:0)


TAS-IX


TAS-IX emas


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика