So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  2 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  4 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

"Bunyodkor" - "Navbahor" uchrashuvi shubhaga sabab bo'lmoqda. Xo'sh, o'yin natijasiga tashqi tasir bo'lganmidi? Yangiliklar

"Bunyodkor" - "Navbahor" uchrashuvi shubhaga sabab bo'lmoqda. Xo'sh, o'yin natijasiga tashqi tasir bo'lganmidi?

Teglar :  BunyodkorNavbahor
Superliganing o'tgan turida "Navbahor" safarda "Bunyodkor" ustidan ishonchli g'alabaga erishdi.

Uchrashuv 5:1 hisobida namanganliklar foydasiga yakunlandi. Etiborli tomoni 5 ta golning barchasini mehmonlar tanaffusgacha urib bo'lishgandi.

Bunday natija tahririyatimizga shubhali tuyuldi. Natijada, savollarimizga javob olish maqsadida biz Championat.Asia"ning kelishilgan o'yinlar bo'yicha ekspertiga murojaat qildik.


⚡️ Uilson Raj Perumal: "OKMK - "Qizilqum" uchrashuvidan shubham bor"         

1994 yilgi shov-shuvli final soxtalashtirilgandi. O'sha o'yinga Abduraimovning qanday aloqasi bor? Perumal va futbolchining o'zi javob berdi         

⚡️ Uilson Raj Perumal: "Surxon" - "Dinamo" uchrashuviga g'ayritabiiy katta miqdorda pul tikilgan"         

Kelishilgan o'yinlar tizimi qanday ishlaydi? Undagi nayranglar. Maxaradze "Loko"da yolg'izmidi? Kelishilgan o'yinlar qiroli Raj Perumal bilan katta intervyu (to'liq)        



Oldindan aytib qo'yamiz: biz faqatgina ekspert so'zlarini keltiryapmiz. Bu o'yin natijasi bo'yicha saytning rasmiy munosabati emas.


Ekspert nutqi:

"Ko'plab futbolchilar, "kontora" uchun nimadir qilishlari kerak bo'lgan pallalarda, tana harakatlarini yashira olmaydilar. Ushbu harakatlar orqali ular atayin kurashga kirayotgani yoki oddiy vaziyatlarda to'pni yo'qotganini bilish mumkin. Bu uchrashuvda ham himoyachilar shunchaki rol o'ynab berishdi va hujumchilarga qarshilik qilishmadi. Jarima maydonchasi ichida biror marta himoyalanayotgan futbolchilar to'p uchun chinakamiga kurshaga kirmadi, "podkat" tashlab raqibdan to'pni olib qo'yish yoki uni maydondan chiqarib yuborishga harakat qilmadi. Himoyachilar o'tkazib yuborilgan gollarda shunchaki bir-birlarini aybladilar.

Raqib o'ylab tanlangan – ko'p gol urishi mumkin bo'lgan jamoa. Mag'lub bo'lgan jamoa futbolchilarini bunday natija uchun koyishgan deb o'ylamayman. Betting bo'yicha rasmiy manbalardagi malumotga qaraydigan bo'lsak, koefficientlar o'zgarishi anomal tarzda yuz berganini ko'rish mumkin.

Bu uchrashuvga "tikilgan pullarning" eng katta qismi "Boshqa natija"ga bo'lgan. Bu holatda o'yin natijalari biz ko'p uchratadiganlardan tanlanadi. Aksariyat uchrashuvlar 0:0 - 3:3 oralig'ida yakunlanadi. "Boshqa natija"ga koefficient bu bahsda 93 edi. 5:1 hisobi esa aynan "boshqa natija" hisoblanadi.

Birinchi bo'limdayoq 5 ta gol o'tkazib yuborgan jamoa haqidagi malumotlardan kelib chiqib ("Bunyodkor" bu turgacha 9 o'yinda 6 ta gol o'tkazib yuborgandi - tahririyat), taxmin qilish mumkinki, natijaga suniy tasir bo'lgan. Ustiga-ustak 5 ta gol birinchi bo'limdayoq o'tkazib yuborilgan – buning koefficienti yanada kattaroq bo'ladi. Bu uchrashuvda birinchi bo'limda "Boshqa natija" (4 ta gol) va butun o'yinda (5 ta gol)ga pullar tikilgan.

Ekspert xulosasi: o'yin natijasiga tashqaridan suniy tasir ko'rsatilgan.

Championat.asia: Biz faqatgina ekspert so'zlarini keltirdik. Bu o'yin natijasi bo'yicha saytning rasmiy munosabati emas.

Reyting: +22   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика