So’nggi yangiliklar

08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  1 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  2 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  8 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2

"Bunyodkor" "Navbahor" futbolchisining ustidan shikoyat qiladi Yangiliklar

"Bunyodkor" "Navbahor" futbolchisining ustidan shikoyat qiladi

"Qaldirg'ochlar" rahbariyati "lochinlar" vakili ustidan O'FA intizom qo'mitasiga arz qilishni rejalashtirayotganini eshitib, jamoa bosh direktori Ulug'bek Mirzaevdan vaziyatga izoh berishini so'radik.

"Kecha O'FA majlislar zalida o'tgazilgan seminarda Superliganing so'nggi turlarida sodir bo'lgan bahsli vaziyatlar ko'rib chiqildi. Unda "Navbahor" va "Bunyodkor" jamoalari o'rtasidagi o'yinda sodir bo'lgan 1 epizodga alohida to'xtalindi. Sardor Telyakov "Bunyodkor"ning qirg'izistonlik yarim himoyachisi Odiljon Abdurahmonovning oyog'iga butsasining tag qismi ("tishlari") bilan zarba bergan vaziyatni Ravshan Ermatov to'g'ridan to'g'ri qizil kartochka ko'rsatiladigan holat deb topdi. Seminarga yig'ilgan barcha mutaxassis va juralistlar bu fikrni bir ovozdan maqulladi.

"Navbahor" futbolchisining mazkur harakati Odiljonga ayanchli jarohat etkazishi mumkin edi. Bunday qo'pollik uchun Intizom kodeksida qoidabuzarning 2 - 10 ta o'yinga diskvalifikaciya qilinishi belgilab qo'yilgan. SHu tufayli biz O'FA Tartib-intizom qo'mitasiga murojaat qilishga qaror qildik. Bugun Sardor Telyakovning mavsum oxirigacha qolgan 3 ta tur o'yinlarida maydonga tushmasligini so'raymiz. O'ylaymanki, bu normal holat. Bu kabi harakatlar, albatta, jazoga tortilishi kerak. Aks holda, o'yinchilar raqibga jiddiy zarar etkazish ehtimoli yuqori bo'lgan harakatlarni davom ettirishadi. Bunday nojo'ya harakatlarning oldini olish uchun ham qoidabuzarga nisbatan intizomiy chora ko'rilishi zarur.

Ming afsuski, o'sha o'yinda 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchrab, juda muhim 3 ochkoni yo'qotdik. Buni endi o'zgartirib bo'lmaydi. Uchrashuvni boshqargan Akobirxo'ja SHukrullaev mazkur holatda noto'g'ri qaror qabul qilgan. U nafaqat Telyakovga qizil kartochka ko'rsatmagan, balki o'sha holatda raqib foydasiga jarima to'pi belgilagan. Vaholanki, u epizodga juda yaqin nuqtada edi. Bu katta xato. Eng qizig'i, VARda o'tirgan Firdavs Norsafarov hamda unga assistentlik qilgan Alisher Usmonov bosh hakamdan bu vaziyatga etibor qaratishni so'rashmagan. Bu bizni hayron qoldirdi. Mayli, ularning keyingi faoliyatiga omad tilayman. Lekin ushbu referilar "Bunyodkor" vakillarining say harakatlarini chippakka chiqarishgani uchun jamoamiz futbolchi va murabbiylaridan uzr so'rashsa, yaxshi yo'l tutgan bo'lishardi", deydi Ulug'bek Abdusattorovich.

Namangandagi uchrashuvda ishlagan hakamlar guruhi bilan tanishing.

Bosh hakam: Akobirxo'ja SHukurullaev.

Qanot hakamlari: Ruslan Serazitdinov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov.

Zaxiradagi hakam: Akmal Rahimov.

Nazoratchi: Aleksandr Popov.

VAR hakami: Firdavs Norsafarov.

VAR assistent: Alisher Usmonov.

Komissar: Ramil Ilyasov.

Malumot uchun, seminarda Akobirxo'ja SHukrullaev o'sha qarorni qanday qabul qilganini izohlab berdi. Videolavhada ko'ringanidek, voqealar rivoji tezlashib ketgani tufayli u vaziyatdan biroz orqada qoldi va epizod ro'y bergan tomonga birdan burilgan payti to'qnashuv yuzaga keldi. SHu tufayli u Abdurahmonov to'pga o'ynagan lahzada Telyakov uning oyog'iga zarba berganini o'tkazib yuborgan va Odiljonning oyog'i sirpanib Sardorga tegib ketganini ko'rgan (Rostan ham o'sha epizodda 2 ta kontakt bor). Akobirxo'ja seminarda o'z xatosini tan oldi va uzr so'rab, keyingi o'yinlarda epizodlarga nisbatan to'g'ri joy tanlashga harakat qilishga vada berdi. Firdavs Norsafarovga nisbatan esa allaqachon intizomiy chora ko'rildi.

VIDEO.  Ermatov va Imomxo'jaev qatnashgan seminarlarda nimalar sodir bo'ldi?

Muallif :
Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика