So’nggi yangiliklar

13:11"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди  0 12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  0 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  1 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  6 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  7 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  10 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчисига таклиф билан чиқди  3 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  5 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1

“Bunyodkor” - “Nasaf”. Prevyu Yangiliklar

“Bunyodkor” - “Nasaf”. Prevyu

Teglar :  BunyodkorNasaf
“Nasaf” birinchi davraning qoldirilgan 3-tur uchrashuvini Toshkent shahrida “Bunyodkor” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Uchrashuv 4 iyul seshanba kuni “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadi. Mazkur uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.

SHu paytgacha Oliy ligada bu ikki jamoa 20 marotaba kuch sinashishgan. O'tkazilgan o'yinlarning 9 tasida “Bunyodkor”ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 8 uchrashuvda kuchlar teng kelgan. “Nasaf” futbolchilari uch o'yinda g'alaba nashidasini surishgan. To'plar farqi – 26:10 “qaldirg'ochlar” foydasiga.

O'tgan yilgi mavsumda Qarshida bo'lib o'tgan o'zaro uchrashuvda 1:1 durang natijasi qayd etilgan bo'lsa, ikkinchi davradagi Toshkentda bo'lgan uchrashuvda “Bunyodkor” jamoasi 1:0 hisobida g'alabaga erishgan.

“Nasaf” so'nggi bor “Bunyodkor”ni Toshkentda 2014 yili mag'lub etgan.

Bu jamoalar Toshkentda 10 bor kuch sinashishgan. SHundan 1tasida “ajdarlar” g'alabaga erishishgan. “Bunyodkor” esa Toshkentda etti marta g'alaba qozongan. Qolgan 2 uchrashuvda g'olib aniqlanmagan.

Ayni paytda “Nasaf” jamoamiz 26 ochko bilan turnir jadvalining 3-pog'onasini egallab turibdi. “Bunyodkor” jamoasi hisobida 18 ochko bor. Ular turnir jadvalining 12-pog'onasida borishmoqda.


Quyida ushbu jamoalarning Toshkentda qayd etgan barcha natijalari bilan tanishtirib o'tamiz.

BUNYODKOR - NASAF 3:0 (1:0)
18.06.2007. 13-tur. Toshkent. MHSK stadioni. 3500 tomoshabin
Gollar:
SHavkat Salomov 18 (1:0), Sergey Lushan 60 (2:0), Viktor Karpenko 67 (3:0)
Bosh hakam: Marat Ismoilov – 8,5
 
BUNYODKOR - NASAF 4:0 (2:0)
13.08.2008. 20-tur. Toshkent. MHSK stadioni. 7516 tomoshabin
Gollar
: Ulug'bek Baqoev 11 (1:0), Xose-Luis Vilyanueva 34 (2:0), Ulug'bek Baqoev 56 (3:0), Server Jeparov 72 (4:0)
Bosh hakam: Andrey Tambovcev – 8,1
 
BUNYODKOR - NASAF 2:1 (1:0)
24.08.2009. 19-tur. Toshkent. Jar stadioni. 5672 tomoshabin
Gollar
: Rivaldo 27 penalti (1:0), Ilhom SHomurodov 54 (1:1), Server Jeparov 73 (2:1)
Bosh hakam: Rustam Xamidov – 8,0
 
BUNYODKOR - NASAF 5:0 (2:0)
28.07.2010. 5-tur. Toshkent. Jar stadioni. 5844 tomoshabin
Gollar:
Viktor Karpenko 13 (1:0), Denilson 34 (2:0), Stevica Ristich 57 (3:0), Stevica Ristich 80 (4:0), Stevica Ristich 82 (5:0)
Bosh hakam: Vadim Agishev – 8,4
 
BUNYODKOR -NASAF 2:1 (0:0)
11.06.2011. 11-tur. Toshkent. Jar stadioni. 8305 tomoshabin.
Gollar:
Andrey Pereplyotkin 70 (0:1), Milosh Trifunovich 72 (1:1), Milosh Trifunovich 81 (2:1)
Bosh hakam: Ravshan Ermatov – 9,6
 
BUNYODKOR - NASAF 0:0
16.06.2012. 10-tur. Toshkent. “Jar” stadioni. 3977 tomoshabin
Bosh hakam:
Valentin Kovalenko
 
BUNYODKOR – NASAF 3:0 (2:0)
Oliy liga, 2-tur. 08.03.2013. Toshkent sh. “JAR” stadioni . 1684 tomoshabin.
Gollar:
Oleksandr Pishur, Fozil Musaev, Alibobo Rahmatullaev.
Bosh hakam: Vladislav Ceytlin.
 
“BUNYODKOR” – “NASAF” 1:2 (0:1)
Oliy liga, 21-tur. 25.09.2014. Toshkent shahri. JAR stadioni. 3210 tomoshabin.
Gollar
: T.Ayupov (86-pen) – I.SHomurodov (2), A.Gevorkyan (84).
Bosh hakam: M.Ismoilov.
 
“BUNYODKOR” – “NASAF” 0:0
Oliy liga, 12-tur. 07.06.2015. Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 3868 tomoshabin.
Bosh hakam:
Valentin Kovalenko-8,9
 
“BUNYODKOR” – “NASAF” 1:0
Oliy liga, 25-tur. 15.10.2016. Toshkent sh., “Bunyodkor” stadioni. 1732 tomshabin
Bosh hakam:
Ravshan Ermatov
Gol: Eldor SHomurodov, 19’-1:0.
 
Jamoa to'purarlari
“Bunyodkor” jamoasi futbolchilari bu yilgi bahslarda raqiblari darvozasiga 13ta to'p kiritishgan. O'z darvozasidan esa 14ta to'p o'tkazib yuborgan. “Qaldirg'ochlar”ning barcha gollariga jami to'rt nafar futbolchi mualliflik qilishgan. Bular, Dostonbek Hamdamov, Vadim CHemirtan, Dilshodbek Ahmadaliev va SHahzodbek Nurmatovlardir. Jamoaning ayni paytdagi to'purari Dostonbek Hamdamovdir. U hozirgacha 9ta gol kiritgan. Vadim CHemirtan 2ta, Dilshodbek Ahmadaliev va SHahzodbek Nurmatovlar esa 1tadan gol muallifi bo'lishgan.

“Nasaf” futbolchilari raqiblari darvozasini 22marta ishg'ol qilishdi. SHulardan 2tasi penaltidan kiritilgan bo'lsa, bir marta o'zaro uchrashuvda raqib futbolchisi o'z darvozasiga gol kiritib qo'ygan. Hozirgi paytda “Nasaf”ning to'purari Dragan CHeran bo'lib turibdi. U raqiblar darvozasini 8 marta ishg'ol qildi, jumladan 2ta golni penaltidan kiritgan. Jamoamiz gollariga CHerandan tashqari yana o'n nafar futbolchilarimiz mualliflik qilishdi. Bahrom Abdurahimov 4ta gol kiritgan bo'lsa, qolgan 9 nafar futbolchilarimiz o'z hisoblariga bittadan  gol yozdirib qo'yishgan.

Jamoalar 4 iyul kuni o'zaro 21-uchrashuvda kuch sinashishadi. Barcha futbol ishqibozlarini ana shu qiziqarli uchrashuvga taklif etib qolamiz.

 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика