So’nggi yangiliklar

18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  1 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  0 18:46U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 (матнли трансляция)  8 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  1 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   17 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  12

"Bunyodkor" muxlislari klub bosh direktori bilan uchrashishdi Yangiliklar

"Bunyodkor" muxlislari klub bosh direktori bilan uchrashishdi

Teglar :  Bunyodkor
SHu munosabat bilan kuni kecha jamoaning ashaddiy ishqibozlari "Bunyodkor" klubiga bordilar.

Ularning asosiy maqsadi - har xil chiqayotgan gap-so'zlarga aniqlik kiritish bo'ldi. SHu munosabat bilan saytimizning ikki nafar muxbiri SHahboz Beg'amov bilan Xayrulla Xoliqov ham muxlislar tomonidan yig'ilishga chaqirildi.  

"Bunyodkor" PFK Bosh direktori Murod Aliev uchun kutilmaganda bo'lgan bu uchrashuvda muxlislarni bir savolga javob qiziqtirardi. Yani, "Bunyodkor" futbol klubi o'z faoliyatini davom ettiradimi?

Mazkur savolga Murod Boqievich quyidagicha javob berdi:

- "Hozir jamoamizda moliyaviy qiyinchiliklar mavjudligi rost. Lekin biz OCHL yo'llanmasini uchun kurash olib boryapmiz. So'nggi yillarda akademiyamizda tarbiya topayotgan futbolchilar bilan o'yinlarni o'tkazmoqdamiz. Demak bu borada ishlarimiz yomon emas. "Bunyodkor" futbol klubi atrofida tarqayotgan turli gap-so'zlar yo'q emas. Lekin shuni ayta olamanki, hech kim bizga hali klub yopiladi degan gapni rasman aytgani yo'q".

Tabiiyki, bu javob muxlislarni qoniqtirmadi. Ularning aytishicha, shamol bo'lmasa daraxtning uchi qimirlamaydi. Agar ertaga rsmiy qaror chiqib qolsa juda kech bo'ladi. SHunga hozirdan bunga oydinlik kiritish lozim.

"Ikki yil avval Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi nominaciyasida biryo'la uch futbolchi O'zbekistondan bo'ldi va bularning uchalasi ham "Bunyodkor" azolari edi. Nima uchun Vatanimizga meva berayotgan daraxtni kesib tashlash kerak? Klubimizdan o'zbek futboliga bironta zarar etmadi-ku? Aksincha, har bir terma jamoaga yaxshi saviyadagi futbolchilarni etkazib beryapmiz. Iltimos, "Bunyodkor"ni saqlab qolishda yordam bering", - deydi muxlislar klubi azolari.

SHuningdek, muxlislar klubi azolari marketing xizmatidan norozi ekanliklarini bildirishdi. Klub faqat davlat puliga qarab qolganligi oqibatida bugungi qiyinchiliklarga duch kelayotgani takidlab o'tildi.

"Qachon biz ham o'zimiz pul ishlab topamiz? Axir butun O'zbekiston biz haqimizda biladi. Nima uchun shu brenddan foydalana olmaymiz", - deydi klub muxlisi.

Yig'ilish so'nggida Murod Aliev muxlislardan xavotirga tushmasliklarini, kelasi yil klub albatta Superligada faoliyat olib borishini aytdi. SHuningdek, PFL ham futbolimiz rivoji yo'lida kuchli klublarning Superligada ishtirok etishidan manfaatdor ekanini takidlab o'tdi.


Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика