So’nggi yangiliklar

22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  0 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  2 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  0 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  1

“Bunyodkor” muxlislari diqqatiga! Yangiliklar

“Bunyodkor” muxlislari diqqatiga!

“Bunyodkor” muxlislar klubi yangi mavsum oldidan o'zining dastlabki yig'ilishlarini tashkil etmoqda.
Xabaringiz bor, joriy yilda yurtimiz klublari orasida birinchi bo'lib rasmiy bahslarni “Bunyodkor” jamoasi boshlab beradi. “Qaldirg'ochlar” 17 fevral kuni OCHL-2015 “pley-off” bosqichi doirasida BAAning “Al-Jazira” klubini qabul qiladilar.

Ushbu uchrashuv arafasida “Bunyodkor” muxlislar klubi vakillari va azolikka yangi yozilmoqchi bo'lganlar uchun yig'ilishlar bo'lib o'tadi. Unda “Bunyodkor” muxlislar klubi azoligiga yangi ro'yxat tuziladi.

Qayd etish kerakki, bu yildan boshlab “Bunyodkor” muxlislar klubi azolari tamomila yangi, zamonaviy beyjik bilan taminlanadilar. Muxlislar klubi azoligi uchun so'ralgan xujjatlarni taqdim qilgan ishqibozlarga maxsus shtrix kodga ega bo'lgan zamonaviy beyjiklar tarqatiladi. Ushbu beyjik egalari muxlislar klubi azolari uchun ajratilgan sektorda o'zlarining maxsus o'rindiqlariga ega bo'ladilar.

“Bunyodkor” muxlislar klubi azoligiga yozilish uchun o'zingiz bilan 2 dona 3x4 xajmdagi fotosurat hamda pasportingizni 2 nushada ko'paytirgan holda olib kelishingiz lozim.

Yig'ilishlar 10 va 15 fevral kunlari bo'lib o'tadi. Har ikkala yig'ilish ham “Bunyodkor” stadionining 4-kirish darvozasi oldida soat 15:00da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика