So’nggi yangiliklar

19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  0 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  1 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3 18:16Тимур Кападзе "Олимпик" бош мураббийлигидан кетди  4 17:54"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 17:22"Олимпиадада атмосфера ўзгача. Ҳар хил спортчиларни кўрасиз, улардан кўп нарсани ўрганса бўлади" — Абдурауф Бўриев  0 16:57Скамакка "Реал"га қарши Суперкубок учрашувини ўтказиб юборади  2 16:30"Реал" бош мураббийи Кепани қайтармоқчи  1 16:05Суперлига. 15-16-тур учрашувларининг бошланиш вақти маълум  2 15:41"Лейпциг" Хави Симонс қайтганини эълон қилди  1 15:30Гвардиола "Челси" бош мураббийини мақтади  1 15:03"Пахтакор"да ҳеч кимга асосий таркибдан жой кафолатланмаган" — Абдулла Абдуллаев  8 14:39"Бавария" ҳужумчисини ижарага бермоқчи  1

"Bunyodkor" muxlislar klubi sardori SHavkat Imomov: "Birdamlik bo'lsa "Bunyodkor" kubokni qo'lga kiritadi" Yangiliklar

"Bunyodkor" muxlislar klubi sardori SHavkat Imomov: "Birdamlik bo'lsa "Bunyodkor" kubokni qo'lga kiritadi"

O'zbekiston kubogi finali oldidan "Bunyodkor" muxlislar klubi etakchisi SHavkat Imomovning fikrlari bilan qiziqdik.

- "Nasaf" jamoasi haqida fikrlaringiz
- "Nasaf" juda kuchli jamoa. Eldor Suyunov o'zimning ukamdek bo'lib ketgan, terma jamoa bilan bir nechta safarlarga borganimizda u bilan suhbatlashib ketardik. Jamoaning muxlislar klubi bilan yaxshi tanishmiz. O'ktam aka, Ziyodulla aka kabi insonlar bilan qadrdonmiz.

- "Bunyodkor" nimaning evaziga kubokni qo'lga kiritishi mumkin?
- Birdamlik bo'lishi kerak, barcha bir yoqadan bosh chiqarishi lozim. Futbolchilar jamoa nomi, muxlislar uchun o'ynab berishsa kubokni qo'lga kiritamiz.

- "Bunyodkor" muxlislar klubi finalga qanday tayyorgarlik ko'rmoqda?
- Boshqa o'yinlarga qaraganda finalga o'zgacha tayyorgarlik ko'rayapmiz. Xattoki muxlislar klubiga azo bo'lmaganlar ham qo'ng'iroq qilib Jizzaxga borib "Bunyodkor"ga muxlislik qilamiz deb aytishmoqda. Bundan xursandmiz albatta.

- Final uchrashuvi Jizzaxda o'tishiga munosabatingiz.
- Final uchrashuvi Jizzaxda o'tkazilishi to'g'ri tanlov. Bu stadionda "So'g'diyona" bilan kubok doirasida o'ynagandik. O'shanda g'olib bo'lgandik. Nasib qilsa finalda ham xursand holda uyga qaytamiz. Faqat Toshkentdan Jizzaxga ko'p odam bora olmasligi meni o'ylantirmoqda.  

- Finalda "Bunyodkor" qanday tarkibda maydonga tushadi? Taxminingiz.
- Bu shunchaki mening taxminim: Murod Zuhurov, Akmal SHorahmedov, Anvar G'ofurov, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Sato Minori, SHaker Zuagi, Sardor Sobirxo'jaev. Doston Hamdamov, Samir Bekrich, Eldor SHomurodov. Vohid SHodiev zaxiradan maydonga tushib gol urishlariga umid qilaman (kuladi).

- Taxminiy hisob?
- Taxminiy hisobni ayta olmayman. "Bunyodkor" kubokni qo'lga kiritishiga ishonaman.


Biroz oldin "Nasaf" muxlislar klubi etakchisi O'ktam Uzoqovning fikrlari taqdim etilgan edi.



Narzulla Saydullaev yozib oldi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика