"Bunyodkor" murabbiyi "Turon"da ish boshladi

Mirjalol Normatov
8 yanv 2023, 15:12
Superliga yangi mavsumiga qizg'in ruhda tayyorgarlik olib borayotgan "Turon" murabbiylar shtabida yangi mutaxassis ish boshladi.

Superliga yangi mavsumiga qizg'in ruhda tayyorgarlik olib borayotgan klubimiz murabbiylar shtabida yangi mutaxassis ish boshladi. Ruminiyalik Augustin Edvard Chirica "Turon"da jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy lavozimiga tayinlandi.

Mutaxassis bugunga qadar "Yunkersdorf" (Germaniya), "Ordabasi" (Qozog'iston), "Bunyodkor" (Toshkent) kabi nomdor klublarda, shuningdek O'zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabida samarali mehnat qilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Турон" матбуот хизмати