Bunyodkor minnatdorchilik bildiradi
10 fev 2016 22:59
Yangiliklar
Bunyodkor minnatdorchilik bildiradi
“Bunyodkor” – “Al-SHabab” uchrashuvi arafasida turli xil ommaviy axborot vositalari orqali jamoamizga dalda va ko'mak berganlar bo'ldi. Xususan, “Bunyodkor”ga omad tilaganlar qatorida “Neftchi”, “Buxoro”, “Qo'qon-1912”, “Oq-tepa” va boshqalar, shuningdek yurtimizning deyarli barcha viloyatlarida istiqomat qiluvchi futbol muxlislarining olg'a chorlovchi tilaklariga ko'zimiz tushdi.
“Bunyodkor” futbol klubi “Bunyodkor” – “Al-SHabab” uchrashuvi oldidan va o'yin paytida jamoamiz uchun qayg'urgan, futbolchilarimizni qo'llab-quvvatlagan barcha-barchaga minnatdorchilik bildiradi. “Bunyodkor”ning g'alabasi –klubning o'z tarbiyalanuvchilariga tayanish siyosati to'g'ri yo'lga qo'yilganligidan dalolat berib turibdi.
Jamoamiz bundan keyin ham bor kuch va mahoratini ishga solib, muxlislarga chiroyli, mazmunli va hujumkor futbol namoyish etishga harakat qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Расман: "Металлург" қайта тикланди
Fikrlar