So’nggi yangiliklar

23:40АПЛ клуби Асенсиога қизиқмоқда  0 23:00"Манчестер Юнайтед" Араухо учун даъвогарлик қилмоқда  2 22:32Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда ғалаба қозонди, Алиқулов тўлиқ ўйнади  1 22:21Англия кубоги. "Ливерпуль" 4та, "Челси" эса 5та, "Лестер" эса 6та гол урди ва бошқа натижалар  3 21:50"Манчестер Сити" — "Солфорд Сити". Таркиблар маълум!  14 21:13"Торино" — "Ювентус". Таркиблар маълум  3 20:52Назорат учрашуви. "Нефтчи" Руминия жамоаси билан дуранг ўйнади  12 20:31Рэшфорд Францияга йўл оладими?  1 20:00Абдуқодир Ҳусановга "Манчестер Сити" мухлисидан мактуб  30 19:54Хвича ПСЖда ҳозиргидан 4-5 баравар кўп маош олади  3 19:41Конте: "Хвиче "Наполи"дан уни сотишларини сўради. Мен хафаман"  3 19:26Беллингем Винисиуснинг тегинишидан сўнг йиқилган Маффео сўзлари ҳақида: "10 сония бокс, шундайми? Нозик аҳмоқ"   5 18:28"Севилья" президенти: "Барселона" ва "Реал"га бошқа қоида, қолганларга бошқа қоида. Уят"  9 17:54Пенья кеч қолгани учун "Барселона" дарвозасини Шченсни қўриқлаган экан  4 17:47Фотоархив. "Хоразм"нинг Суперлигада ўтказган охирги мавсуми ёдингиздами?  3

"Bunyodkor U-21" mavsumni texnik mag'lubiyat bilan boshlashi mumkin Yangiliklar

"Bunyodkor U-21" mavsumni texnik mag'lubiyat bilan boshlashi mumkin

Teglar :  Bunyodkor
Superliga jamoalari o'z uy uchrashuvlarini qaysi maydonlarda o'tkazishi masalasiga musobaqaga qura tashlanayotgan vaqtda aniqlik kiritib o'tilgandi.

“2022 yilgi mavsumda O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ning 19.1 bandida U-21 chempionati uchrashuvlari asosiy tarkiblar ishtirokidagi uchrashuvdan bir kun keyin o'tkazilishi hamda maydoni talab darajasida bo'lmagan U-21 jamoalari o'z uchrashuvini asosiy stadionda o'tkazishi belgilab qo'yilgan. SHunday bo'lsa-da, mazkur masalaga jiddiy etibor qaratmayotgan futbol klublari mavjud. O'zbekiston Professional futbol ligasi quyidagi sabablar tufayli ayrim futbol klublarini ogohlantirdi.

“Paxtakor U-21” jamoasi o'zining uy uchrashuvlarini Qibraydagi sport bazasida o'tkazib keladi. Bu erda maydon chimi holati qoniqarli bo'lsa-da, futbolchilarning kiyim almashtirish xonalari, ulardagi yuvinish sharoitlari talabga javob bermaydi. SHundan kelib chiqib, “Paxtakor” klubiga 5 mart sanasiga qadar vaqt berildi. Unga qadar yuqoridagi kamchilik bartaraf etilmasa, klubning U-21 jamoasi 2-turdan joy olgan uchrashuvni asosiy stadionda o'tkazadi.

“Bunyodkor”da vaziyat biroz boshqacharoq. Klubning asosiy stadioni maysasi mavsumga tayyor bo'lmasligi katta ehtimol. SHunday bo'lsa-da, ilk tur qaerda o'tkazilishi masalasiga hozirgacha oydinlik kiritilmagan. Klub oldida kamida ikki yo'l mavjud: yo asosiy stadion bilan kelishish yoki “Lokomotiv” stadionidan foydalanish. Ilk turga qadar “Bunyodkor” bu masalani hal qila olmasa, jamoaga texnik mag'lubiyat yoziladi. SHuningdek, klub ikki yildan buyon U-21 jamoasi maydoni bo'yicha ogohlantiriladi. Akademiyaga qarashli maydonda futbol muxlislari, uchrashuv inspektori uchun sharoit mavjud emas. Bir necha yildirki, U-21 jamoasi ishtirokidagi o'yinlarini ko'rish uchun tashrif buyurgan muxlislar ajriq ustida futbol tomosha qilishga majbur. Agar ilk turga qadar ko'chma tribuna masalasi hal etilmasa, “Bunyodkor U-21” ham boshqa arenadan foydalanishiga yoki texnik mag'lubiyat qabul qilib olishiga to'g'ri keladi.

“Navbahor” U-21 jamoasi o'ynaydigan Markaziy stadionning zaxira maydonida esa hisobni ko'rsatuvchi tablo o'rnatish, texnik hudud ustini yopish ishlari mavsum startiga qadar qilinishi lozim.

AGMK, “Surxon”, “So'g'diyona”, “Metallurg”, “Qizilqum”, “Dinamo” kabi klublarning U-21 jamoalari Reglament asosida asosiy tarkib o'z o'yinlarini o'tkazuvchi maydonlardan foydalanadi. Mazkur jamoalar ikkinchi maydon chimini yaxshilash bo'yicha amaliy harakatlar boshlagan. Ular orasidan faqatgina “Metallurg” ilk turga qadar vaziyatni o'nglashga ulgurishi mumkin. Yo'qsa, yuqorida qayd etilgani kabi bu erda ham U-21 uchun asosiy maydon taqdim etiladi.

“Lokomotiv”, “Nasaf”, “Olimpik” klublarining U-21 jamoalari to'p suruvchi maydonlarga nisbatan hozircha jiddiy etiroz mavjud emas.

Farg'ona viloyati sharafini Superligada himoya qiluvchi ikki klubda vaziyat boshqacharoq. “Neftchi” va “Qo'qon-1912” klublari o'z uy uchrashuvlarini “O'zbekiston” stadionida o'tkazadi. SHuningdek, mazkur maydondan haqiqiy mezbon “Turon” futbolchilari ham foydalanadi. Ayni vaqtda “Istiqlol” stadionida tamirlash ishlari davom etayotganidan kelib chiqib, “Neftchi” U-21 jamoasiga Qirgulidagi o'yingohdan foydalanishga ruxsat etiladi. “Qo'qon-1912” klubining 21 yoshgacha bo'lgan jamoasi esa avvalgidek BO'SM maydonidan foydalanmaydi. Jamoa yo klubning asosiy maydonida o'ynashi yoki talabga javob beradigan boshqa maydon topishiga to'g'ri keladi. Mazkur vaziyatda “Turon” klubi katta mehnat evaziga tamirdan chiqargan stadion maysasi haqida ham o'ylash lozim. Yuqoridagi ikki mehmon klubning U-21 jamoalari ham “O'zbekiston” stadionida harakat qilsa, “Turon” rahbariyatining stadion masalasidagi katta mehnati yo'qqa chiqishi mumkin.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика