“Bunyodkor” matbuot xizmati xabarni inkor qildi
29 iyu 2014 18:23
Yangiliklar
“Bunyodkor” matbuot xizmati xabarni inkor qildi
Sal oldin saytimizda Islom Inomov bilan Alibobo Rahmatullaevning “Andijon”ga o'tishi haqida xabar bergandik.
Biroq “Bunyodkor” matbuot xizmati bu xabarni inkor qildi. Matbuot xizmati vakilining so'zlariga qaraganda, Inomov ayni paytda jamoa bilan birga shug'ullanmoqda, yaqinda O'zbekiston terma jamoasi yig'inida qatnashgan Alibobo Rahmatullaev esa jarohat olgani bois davolanish bilan band.
Demak, hozircha bu xabar o'z tasdig'ini topgani yo'q. To'g'ri, Inomov bilan Rahmatullaev birinchi davrada kam o'yin amaliyotiga ega bo'lishdi. SHu bois ikkinchi davra oldidan balki bu futbolchilar boshqa klubga o'tishi mumkin, lekin hozircha hech biri jamoadan ketgani yo'q. Nima ro'y berishini esa vaqt ko'rsatadi.

Fikrlar