So’nggi yangiliklar

18:10"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Абдуллоҳ Абдураимов  0 18:00Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси (матнли трансляция)  12 17:4438 ёшли Хонда Бутан клуби билан 1 та ўйинга шартнома имзолади  1 17:20Суперлигада трансфер ойнасининг сўнгги кунида вазият қандай?  21 17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  1 16:50Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси: Асосий таркибимиз маълум  38 16:17Ҳусниддин Алиқулов ва Остон Ўрунов бугунги ўйинни ўтказиб юборади  26 15:54Фабрицио Романо: "Атлетико" Конор Галлахер трансферига яқин  2 15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  2 14:58"Арсенал" Саненинг атрофидаги вазиятни кузатмоқда  1 14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  31 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  3 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2

“Bunyodkor” matbuot xizmati O'FA va PFLning olib borayotgan ishlarini yuqori baholadi Yangiliklar

“Bunyodkor” matbuot xizmati O'FA va PFLning olib borayotgan ishlarini yuqori baholadi

Kecha, super ligaga qura tashlash marosimi yakuniga etgach, har kim o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashar edi.

Qura kimgadir ijobiy yana qaysidir jamoaga salbiy kelganini aytish lozim. Bu borada “Bunyodkor” matbuot xizmati vakili qanday fikrda?

- Avvalo O'FA va PFLda yangi ish boshlagan, o'zbek futboli rivojini yanada yangi bosqichga olib chiqishga xarakat qilayotgan rahbariyatning ishlariga yuqori baho bergan xolda, ularning kelgusi faoliyatiga omad tilayman. Milliy chempionatimizni tubdan isloh qilish bo'yicha turli xil ishlar olib borilmoqda. Xususan jamoalar soni, chempionatni o'tkazish tizimi, chempionatlarimizni nomi, super liga, pro-liga. Bu o'zgarishlarning hammasi futbolimizning cho'qqiga chiqishiga xizmat qilsin deb umid qilib qolamiz. Oliy liga nomi super ligaga o'zgargani ham har bir o'yinni super darajada o'tishiga turtki bersin.

- Super ligaga qura tashlash marosimi o'z nomi bilan yuqori saviyada tashkil etildi. Bungacha o'tkazilib kelingan deyarli barcha qura tashlash marosimida shaxsan o'zim bevosita ishtirok etgan xolda, shuni aytishim muminki, qura tashlash marosimi oddiy bir ko'rinishda o'tib ketardi. Bu safar rahbariyat yangicha ko'rinishda tashkil etdi. Menimcha bu yilgi qura tashlash marosimining tashkilotchiligi ko'pchilikning etiborini tortdi. SHuni o'zi ham futbolimizni yangi bosqichga chiqishga intilayotganidan dalolatdir.

- Qura natijalariga to'xtaladigan bo'lsam, “Bunyodkor” futbol klubi hamisha o'z oldiga maksimal vazifalarni qo'yib keladi. SHu bois aslini olganda, chempionatning dastlabki turlarini qaerda va qaysi jamoalarga qarshi o'tkazish u qadar ahamiyatli emasdi. Bundan tashqari joriy yil “Bunyodkor” Osiyo chempionlar ligasi musobaqasida ishtirok etmaydi va asosiy etiborini super liga va mamlakat Kubogi o'yinlariga qaratadi. Bo'lajak uchrashuvlarga ayni damda puxta tayyorgarlik ko'rilmoqda. SHu bois jamoamizga dastlabki turni qaerda va kimga qarshi o'tkazish muhim sanalmaydi.

- Oldin xalqaro musobaqada ham ishtirok etganimizda geografik jihatdan uzoqroq safarga chiqqanimizda, u erdan qaytib kelgach yana qisqa fursat ichida milliy chempionat bahsida maydonga tushish futbolchilarga jismonan yuklamalar berishi mumkin edi. Bu tomondan endilikda bizda hammas joyida. Aksincha bu yilgi super liga o'yinlarining dastlabki ikki turini o'z maydonimizda AGMK va “Paxtakor”ga qarshi o'tkazishimizni ijobiy baholayman.

- Yuqorida aytib o'tganimdek, bo'lajak bahslarga yuqori saviyada tayyorgarlik olib bormoqdamiz. Raqiblarimiz juda yaxshi shakllangan va xurmatga loyiq jamoalardir. Xususan, “Paxtakor”ni ortiqcha tariflashga til ojizdir. Mamlakatimizning bayroqdor klubi bu yil o'z tarkibini sezilarli darajada kuchaytirib olishga erishdi. “AGMK” jamoasi esa oxirgi ikki yilda o'z tarkibini mukammal tarzda shakllantirib olishga urinmoqda. To'g'ri, ularning o'tgan yili birinchi davrada u qadar omadi chopmadi. Lekin mavsumning ikkinch qismida kerakli ochkolarni jamg'ara oldi. Bu yil ham Viktor Kumikov boshqaruvidagi “AGMK” o'quv-yig'in mashg'ulotlarini xorijda yuqori saviyada o'tkazayotganini kuzatib bormoqdamiz.

- O'ylaymanki birinchi turdanoq chempionatimizda qiziqarli to'qnashuvlar boshlanadi. Har bir turda markaziy uchrashuvlar bor. Muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida bahslarning soat 18:00dan keyin boshlanishi reglamentga kiritilgan.

- Hakamlar bo'yicha ham shuni alohida takidlab o'tmoqchimanki, bu yil ushbu soha vakillarining ishlash tizimi ham yangi bosqichga chiqadi degan umiddamiz. Bu borada soha mutaxassislari eng shimarib ish olib borayotganini shubhasizdir. Qura tashlash marosimida bevosita ishtirok etgan taniqli futbol hakami, FIFA referisi Ravshan Ermatov ham so'zga chiqib, bu yil hakamlikda bir qator o'zgarishlarga qo'l urilayotganini , uchrashuv chog'ida bo'lar bo'lmasga xushtak chalib, o'yinni to'xtatmaslikka urinishini aytib o'tdi. Bu orqali maydonda o'zaro keskin kurash kechib, futbolning jozibasi ortib borishiga zamin yaratadi.

Ishonamanki, bu yilgi super liga bahslari keskin va murosasiz, haqiqiy raqobatga boy tarzda o'tadi – deydi Bahodir Mirzaev.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика