So’nggi yangiliklar

00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  2 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  0 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  2 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  3 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  4 19:20Ҳатто Польша Биринчи лигаси вакили ҳам Балотелли билан шартнома имзолашни хоҳламади  4 18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  9 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  1 17:51"Челси"нинг икки футболчиси сафга қайтди ва "Астон Вилла"га қарши ўйинга тайёр  1 17:22"Манчестер Юнайтед" Семеньо бўйича муваффақиятсизликдан кейин "Лейпциг" юлдузига кўз тикди  4 16:54"Атлетико" Сёрлотни 35-40 млн евро эвазига сотишга тайёр  1

Bunyodkor – Mashal o'yini oldidan Yangiliklar

Bunyodkor – Mashal o'yini oldidan

"Mashal" Oliy liganing navbatdagi turini Toshkentda "Bunyodkor"ga qarshi o'tkazadi.
9-turdan o'rin olgan mazkur bahs har ikki jamoa uchun ham muhim ahamiyatga egadir. O'tgan turda Jizzaxda mag'lubiyatga uchragan "Bunyodkor" va o'z maydonida "Buxoro" bilan durang o'ynagan "Mashal" o'rtasidagi bahs qiziqarli kechishi kutilmoqda. Bugun jamoalarning yoshlari "Bunyodkor" akademiyasi maydonida tur o'yinini o'tkazadi. Bahs 17:00 da start oladi va o'yinni Rustam Tolibjonov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bu o'yinda "Bunyodkor" yoshlariga faqatgina Narimon Xasanov yordam bera olmaydi.

Ertaga asosiy tarkib o'yini "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi va bu bahsni Baxtiyor Nomozov boshchiligidagi toshkentlik hakamlar guruhi boshqarib boradi. O'yin esa 18:30 da start oladi. Minori Sato ogohlantirishlari to'rttaga etgani bois "qaldirg'ochlar"ga yordam bera olmaydi.

"Mashal" o'yinga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirmoqda va bugun "Bunyodkor" akademiyasi maydonida o'yin oldi mashg'ulotlar bo'lib o'tadi.

"Mashal"ga qarshi Eldor SHomurodov, Otabek SHukurov, Mirzohid G'ofurov kabi futbolchilar birinchi marta maydonga tushishlari mumkin.

Yoshlar ligasi, 9-tur.
14 may (payshanba)
Bunyodkor (Toshkent) – Mashal (Muborak)  17:00
Hakam:
R. Tolibjonov (Farg'ona)
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).

Oliy liga, 9-tur.  
15 may (juma)
Bunyodkor (Toshkent) – Mashal (Muborak)  18:30
Hakamlar
: B. Namozov (Toshkent), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo'ldoshev (Buxoro), R. Tolibjonov (Farg'ona)
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика