So’nggi yangiliklar

12:05Шерзод Файзиев қаерда?   2 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   0 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  4 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  2 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  5 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  5 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  15 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  24 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  6 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  6 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  6 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  1

"Bunyodkor" - "Mashal". 4:0. "Bunyodkor" o'ziga kelmoqda! Yangiliklar

"Bunyodkor" - "Mashal". 4:0. "Bunyodkor" o'ziga kelmoqda!

O'zbekiston chempionati 9-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" hamda "Mashal" jamoalari o'rtasidagi o'yinning matnli transyaciyasini shu erda kuzatib borish mumkin bo'ldi.


"Bunyodkor" (Toshkent) - "Mashal" (Muborak) 4:0

Gollar: Rashidov 13, Ayupov 16, Sobirxo'jaev 21, Zuagi 38.

15 may. "Bunyodkor" stadioni. 18:30.
Hakamlar:
B. Namozov (Toshkent), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo'ldoshev (Buxoro), R. Tolibjonov (Farg'ona)
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).

"Bunyodkor": 25.Murod Zuhurov, 2.Akmal SHorahmedov, 4.Xayrulla Karimov (16.Artyom Filiposyan 80), 7.SHaker Zuagi (11.Mirzoxid G'ofurov 75), 8.Javlon Ibrohimov, 13.Ivan Miloshevich, 15.Obid Jo'raboev, 20.Samir Bekrich, 21.Sardor Rashidov, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 40.Temur Ayupov (10.Anvar Berdiev 67).

Zaxira: 1.Pavel Bugalo, 6.Anvar G'ofurov,  24.Nuriddin Hasanov, 32.Farhod Namozov.

"Mashal": 30. Botir Nosirov, 4. Iqbol Boboxonov, 5. G'iyos Komilov (90.Zafar To'raev 40), 8. Abbos Omonov ( 9.Humoyun Murtazoev 46), 10.Jamshid Hasanov, 20.SHerzod Fayziev, 22. Siroj Hamroev (18.Abbos SHodmonov 69), 26.Zohir Qo'ziboev, 55.Nikita Bukatkin, 77.Doston Abdurahmonov, 88.Qahramon Bahodirov.

Zaxira: 35.Javohir Ilyosov, 7.Jahongir Jiyamurodov, 16.Xolmurod Xolmurodov,  27.Vladislav Ivanov.

Ogohlantirish: Iqbol Bobohonov 70.



90+3. O'yin yakunlandi! Ushbu g'alaba bilan "Bunyodkor" muxlislarini tabriklab qolamiz!


90. Hakam ikkinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 3 daqiqa qo'shib berdi.


87. Burchakdan oshirib berilgan to'pni Xumoyun Murtazoev raqib darvozasiga to'g'irlab qo'ya olmadi.


84. "Bunyodkor" maydonda 10 kishi bo'lib qoldi. Javlon o'yinni davom ettirmaydi. Mezbonlar barcha o'zgarishlarni amalga oshirib bo'lganlar.


82. Javlon Ibrohimovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Umid qilamizki, uning jarohati jiddiy emas.


80. O'zgarish. Xayrulla Karimov o'rniga Artyom Filiposyan o'yinni davom ettiradi.


79. Zarbaaa! Bekrich tomonidan berilgan zarba biroq noaniq...


78. Doston Abduraxmonov Sardor Sobirxo'jaevga nisbatan maydon markazi oldida qo'pollik ishlatdi.


75. O'zgarish. Zuagi o'rniga Mirzohid G'ofurov tushdi.


71. Zarbaaaa! Anvar Berdiev boshi bilan gol kiritishga harakat qilgandi. Ammo, raqib posboni ajoyib seyv evaziga jamoasini goldan qutqarib qoldi!


69. "Mashal"da Siroj hamroev o'rniga Abbos SHodmonov maydonga tushdi.


67. "Bunyodkor"da o'zgarish. Anvar Berdiev Temur Ayupov o'rniga maydonga tushdi.


64. Hayrulla Karimov so'nggi himoyachi sifatida yaxshi harakat qildi. Aks holda Zohir Qo'ziboev birga-bir qaziyatga chiqib ketishi mumkin edi.


59. Zafar To'raevda gol kiritish uchun yaxshi vaziyat yuzaga kelgandi. Lekin, zarba yo'llashga qulay imkoniyat topa olmadi.


57. Ikkala jamoa murabbiylari ham o'rnilaridan turgancha o'yinni kuzatmoqdalar.


53. "Mashal" futbolchisi tezlik bilan raqib jarima maydoni tomon harakat qilgandi. Biroq, keyinchalik nima qilishni bilmay qoldi.


50. Zohir Qo'ziboevdan zarba. Murod Zuhurov o'z o'rnida!


48. Endi mehmonlardan qarshi hujum. Biroq, Jamshid Hasanovning bergan zarbasini ko'rib Hojiboy Tojiboevning futbolchilarimiz haqidagi latifasini esga olishingiz mumkin :) SHunaqa zarba ko'rdik. Juda balandga!


47. Akmal SHorahmedovda gol kiritish uchun yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi... Biroq, samarasiz.


46. "Mashal" safida yana bir o'zgarish. Omonov o'rniga Murtazoev o'yinni davom ettiradi.


46. Ikkinchi taymni mehmonlar boshlab berishdi.


Ikkinchi bo'lim boshlanmoqda!


Aytgancha, bugun shuningdek "Nasaf" hamda "Metallurg" jamoalari ham o'zaro hisob-kitob qilmoqdalar. Ushbu o'yin ham saytimiz orqali matnli translyaciya qilinmoqda!


TANAFFUS!


45+1. Hakam tomonidan qo'shib berilgan bir daqiqa o'z yakuniga etdi.


45. Xavfli vaziyayayatt! Temur Ayupoooov... U to'pni Rashidovga etkazib berganida yana bir golni ko'rishimiz mumkin edi. Temurning kuchsiz zarbasini darvozabon ushlab qoldi.


40. O'zgarish. G'iyos Komilov o'rniga Zafar To'raev.


38. GOOOOLLL! SHaker Zuagi! Akmal SHorahmedovning jarima maydonchasi ichida etkazib bergan zarbasini qabul qilib olgan tunislik futbolchi raqib darvozasini ishg'ol etdi. Futbolchiga qoyil. SHuningdek "Mashal" posboniga ham "qoyil"...


34. O'yinda ustunlik to'lig'icha toshkentliklar tomonda!


30. Xavfli vaziyayayayat! Temur Ayupov darvozabonni aldab o'tgandi. Biroq, to'pni o'zidan uzoqlashtirib yuborgani sababli vaziyat yo'qqa chiqarildi...


27. Abbos Omonovning jarimadan bergan zarbasi Zuxurovning qo'liga borib tushdi.


21. GOOOOOLLL! Sardor Sobirxo'jaev! Himoyachiga tegib o'z yo'nalishini o'zgartirgan to'pga Sobirxo'jaev etib bordi va darvozabon bilan deyarli birga-bir vaziyatdan gol kiritdi - 3:0!


20. Samir Bekrichda hisobni oshirish uchun imkoniyat bo'lgandi. Biroq, u Rashidovning etkazib bergan to'pini golga aylantira olmadi.


16. Yana gooool! Temur Ayupov! Rashidovning etkazib bergan to'pidan so'ng hujumchi darvozabonning uzoq burchagiga to'pni yo'llab, hisobni 2:0ga etkazdi!


13. Gooooooolll!!!! Sardor Rashidoooov!!! Ibrohimovning etkazib bergan to'pidan so'ng futbolchi hisobni ochdi!

10. Bekrichning zarbasi yo'liga jonli devor to'g'anoq bo'ldi.


8. "Bunyodkor" raqib darvozasidan chamasi 26 metr uzoqlikda jarima zarbasiga ega bo'ldi.


8. RASHIDOVVV!!!! Sardorning birga bir vaziyatda darvoza tomon yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.


7. Temur Ayupov o'yindan tashqari holatda.


1. Uchrashuv boshlandi.

-O'yin soat 18:30 da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика