So’nggi yangiliklar

11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  0 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  0 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   0 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  1 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  3 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  6 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  12 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  13 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  12 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  10 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3

Bunyodkor, Lokomotiv va Nasaf OCHL-2014da o'ynaydi Yangiliklar

Bunyodkor, Lokomotiv va Nasaf OCHL-2014da o'ynaydi

Osiyo Futbol Konfederaciyasi Ijroiya qo'mitasi Osiyo CHempionlar ligasining 2014 yilgi mavsumi uchun kvotalarni tasdiqladi.
Unga ko'ra, O'zbekistondan uchta jamoa OCHL-2014 yo'llanmasiga ega bo'ldi.

26 noyabr, seshanba kuni OFK Ijroiya qo'mitasi Osiyo CHempionlar ligasining kelasi mavsumlari uchun bir qator qarorlarni elon qildi. Unga ko'ra, keyingi uch yil davomida musobaqa finali uy-safar tizimida tashkil etiladi. Bundan tashqari, musobaqa yarim finaliga qadar OCHL ishtirokchilari o'z mintaqalari (SHarq va G'arb) doirasidagi raqiblarga qarshi to'p surishadi.

Qo'mita, shuningdek, 2014 yilgi mavsum uchun Osiyo CHempionlar ligasi uchun kvotalar sonini ham belgiladi. Unga ko'ra, O'zbekistonga 1+2 (bir jamoa (Bunyodkor) bevosita guruh bosqichidan, yana ikki jamoa (Lokomotiv va Nasaf) esa saralash bosqichlaridan musobaqaga qo'shiladi) ko'rinishida kvota ajratildi. Qayd etish joiz, 2013 yilgi mavsumda O'zbekiston jamoalari (Paxtakor, Bunyodkor va Lokomotiv) OCHLda 2+1 kvotasi bilan ishtirok etgan edi.

2014 yilgi OCHL bahslarida SHarqiy mintaqada Singapur, Gongkong, Vetnam, G'arbiy mintaqada esa Hindiston, Iordaniya, Ummon, Bahrayn, Iroq va Kuvayt klublari ham ishtirok etishadi. OCHLdagi barcha ishtirokchilar uchun ajratilgan kvotalar bilan quyida tanishishingiz mumkin:

SHARQ
Yaponiya – 4;
Janubiy Koreya – 4;
Xitoy – 3+1;
Avstraliya – 2+1;
Tailand – 1+2;
Singapur – 0+1;
Gongkong – 0+1;
Vetnam – 0+1.

G'ARB
Eron – 4;
Saudiya Arabistoni – 4;
BAA – 3+1;
Qatar – 2+2;
O'zbekiston – 1+2;
Hindiston – 0+1 (Hindiston klubi SHarqiy zonada o'ynaydi);
Iordaniya – 0+1;
Ummon – 0+1;
Bahrayn – 0+1;
Iroq – 0+1;
Kuvayt – 0+1.

OCHL-2014ga qura tashlash marosimi 10 dekabr, seshanba kuni bo'lib o'tadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика