So’nggi yangiliklar

12:17"Манчестер Юнайтед" устози Ямайка терма жамоаси бош мураббийига айланади  0 11:55Ўртоқлик учрашуви. "Милан" - "Реал Мадрид" 1:0, Чуквуэзе "Реал" ҳимоячиларини шошириб қўйди  1 11:50"Ювентус" Николас Гонсалесни сотиб олмоқчи  1 11:25Саудия Арабистони 48 терма жамоа иштирок этадиган ЖЧ-2034ни 5 та шаҳарда ўтказмоқчи  3 11:01«Арсенал» яна бир йирик трансфер бўйича иш бошлади  4 10:44ПСЖ мавсумдаги илк йирик харидини амалга оширди — Фабрицио Романо  1 10:28Ўзбекистонлик ҳакамлар чорак финалнинг марказий учрашувини бошқариб боришади  5 10:09Ўртоқлик учрашуви. Бешта гол киритилган баҳсда МЮ испан клубини қийинчилик билан мағлуб этди  2 10:07«Андижон»нинг янги легионери: «Бизда Кубокни ютиш учун яхши имкон юзага келган ва бундан фойдаланиб қолишга ҳаракат қиламиз»  2 09:41Зафармурод Абдираҳматов: "Тарихимиздаги биринчи олимпиадада фақат иштирок билан чекландик"  7 09:14«Милан» «Реал»ни , «Ливерпуль» «Арсенал»ни мағлуб этди. «Челси»дан эса йирик ғалаба  10 08:45МЮнинг 70 миллион евролик харидининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  5 08:13Элдор Шомуродов терма жамоамизнинг олимпия ўйинларидаги иштироки ҳақида фикр билдирди  11 07:45Шунчаки қойил! 6 очкодан маҳрум бўлган Канада аёллар терма жамоаси плей-оффга йўл олди. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  2 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  2

“Bunyodkor” kubogi-2015” xalqaro turniri qanday o'tdi? Yangiliklar

“Bunyodkor” kubogi-2015” xalqaro turniri qanday o'tdi?

Xabaringiz bor, 16-19 iyun kunlari 10 yoshli futbolchilar o'rtasida “Bunyodkor” futbol klubining 10 yillik yubileyiga bag'ishlab, “Bunyodkor” kubogi-2015” xalqaro turniri o'tkazildi.
Turnir davomida “Bunyodkor” futbol maktabi direktori o'rinbosari Bahodir Mahkamov tashkiliy ishlarga bosh-qoshlik qildi. Musobaqa yakunlangach, Bahodir Mirzaevichning turnir taassurotlari bilan qiziqdik.

- Bahodir aka, ortda qolgan turnir haqida qanday fikrdasiz?
- “Bunyodkor” kubogi-2015” xalqaro turniri “Bunyodkor” futbol klubining 10 yoshga to'lishi munosabati bilan tashkil etildi. Musobaqa juda chiroyli va yuqori saviyada tashkil etildi, deb o'ylayman. Uchrashuvlar ham murosasiz kurashlarga boy o'tdi. Turnirning tashkiliy tomoni ham ijobiy bahoga loyiq. Buni ishtirokchilarning fikrlaridan bilib olsa bo'ladi.

- Musobaqada ishtirok etgan jamoalarning saviyasi xalqaro turnir nomiga qanchalik javob bermi?
- To'g'risini aytsam, Qozog'istondan kuchli jamoalar kelishini kutgandik. Haqiqiy xalqaro turnirga mos futbolchilar kelishmadi. Qozog'istonning ikkala jamoasi ham barcha uchrashuvlarda imkoniyatni boy berishdi. Qo'shnilarimiz 3tadan o'yin o'tkazishdi va raqiblari darvozalarini bor yo'g'i bir bor ishg'ol qilishdi xolos. Bu esa ularning saviyasi past yoki bizning futbolchilarimiz juda kuchliligidan dalolat.

- Jamoalar ko'rsatgan o'yinlar murabbiylarda qanday taassurot qoldirishdi?
- BO'SM-37, “Paxtakor”, “Navbahor”, “Nasaf” jamoalari juda chiroyli o'yinlar o'tkazishdi. Bu jamoalar guruh bahslaridan keyin ham raqiblariga jiddiy kurashlar taqdim eta olishdi. Umuman olganda, final va uchinchi o'rin uchun kechgan uchrashuvlar kabi 5-pog'ona egasini aniqlagan bahs ham qiziqarli va tomoshabop bo'ldi.

- Turnir davomida selekciya ishlari o'tkazilishi ham tabiiy edi. Aytingchi, “Bunyodkor” futbol maktabi murabbiylari etiborini tortgan o'smirlar ham bo'ldimi?
- Musobaqa mobaynida bir nechta futbolchilarning o'yinlarini kuzatdik. Ular sentyabr oyiga qadar “Bunyodkor” akademiyasi tarbiyalanuvchilari qatorida bo'lishlari mumkin. Futbolchilarning ota-onalari bilan gaplashdik va bizning imkoniyatlarimiz haqida malumot berdik. Agar ular bilan fikrimiz bir joydan chiqsa, albatta, kelishuvga erishamiz.

- Aynan qaysi jamoaning futbolchilari Sizlarga maqul keldi?
- Hozir aniq bir malumotni ayta olmayman. SHuni aytishim mumkin, turnir davomida ota-onalar akademiyamizda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi va ularning ko'pchiligi bizdagi mashg'ulotlar bepul ekanligi bois o'z farzandini “Bunyodkor”ga bermoqchi ekanliklarini bildirishdi. Albatta, tegishli hujjalarni olib kelishsa va farzandi murabbiylarimiz talablariga to'g'ri kelsa biz ularni futbol maktabimizga qabul qilamiz.

- Kelgusida yana qanday xalqaro turnirlar o'tkazishni rejalashtirgansizlar? Agar shunday bo'lsa, qaysi xorijiy klublarni taklif qilishni xohlardingiz?
- Albatta, hammamiz xohlardik bu kabi xalqaro turnirlarga Evropa jamoalarining kelishini. Masalan, hech bo'lmasa Rossiyadan. Saviya yuqori bo'sa o'yinlar ham keskin kurashlarga boy o'tardi. To'g'risini aytsam, Qozog'iston va O'rta Osiyo jamoalari bizning futbolchilardan mahorat bobida ortda qolishmoqda. Masalan, 10 yoshli tarbiyalanuvchilarimiz ularning 2003 yilgi futbolchilarining saviyasiga to'g'ri keladi. CHunki ko'plab musobaqalar shunday xulosa chiqarishimizga turtki bermoqda.
Kelajakda 14-15 yoshli futbolchilar o'rtasida xalqaro musobaqalar tashkil etishni rejalashtirganmiz. “Barselona”, “Real Madrid” va shunga o'xshagan nomdor jamolarning futbolchilarini taklif qilishni o'ylab qo'yganmiz. Bu borada bizda hamma sharoitlar, maydonlar va imkoniyatlar bor.

- Ko'pchilik ota-onalar farzandini zamonaviy sharoitlarga ega “Bunyodkor” akademiyasida tahsil olishini xohlaydi. SHu bois, yangi o'quv yili uchun qachondan va qanday shartlar asosida qabul boshlanadi?
- Rejaga ko'ra, 5-20 avgust oralig'ida 8 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan bolalar ko'rikda bo'lishadi va ularni 10 kunlik dastur asosida sinovdan o'tkazamiz. Bizning tarbiyalanuvchilarimizdan bir bosh baland bo'lganlarni qabul qilamiz. Bazi ota-onalar farzandim 11-12 yosh va u futbolga qizib qoldi, deb murojaat etishadi. Bola bilan gaplashganimizda, u oldin futbolga qatnashmagan bo'lib chiqadi. Bu kabi bolalar bizning dasturimizga to'g'ri kelmaydi. SHuning uchun ota-onalardan so'rab qolardik, bu professional futbol klubining akademiyasi, sog'lomlashtirish markazi emas.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика