"Bunyodkor" klubiga bronza medallari topshirildi
25 dek 2019 23:45
Yangiliklar


"Bunyodkor" klubiga bronza medallari topshirildi
Bugun, 25 dekabr kuni "O'zbekiston" mehmonxonasida "Bunyodkor" klubining yil yakunlariga bag'ishlangan bayrami bo'lib o'tdi.
Ushbu tadbirda klubning asosiy tarkib futbolchilariga Superliganing bronza medallari, U-21 yoshlar jamoasiga ham bronza medallari, ayollar jamoasiga esa kumush medallar topshirildi.
Bundan tashqari "Bunyodkor" bila yil davomida hamkorlik qilib kelgan homiy tashkilotlarga minnatdorchilik bildirildi. Quvonarlisi "Bunyodkor"ning axborot hamkori championat.asia saytiga ham minnatdorchilik sifatida klubning esdalik futbolkasi topshirildi. Bir yil davomida qilingan hamkorlik va bunday etibor uchun saytimiz nomidan "Bunyodkor" klubiga rahmat aytamiz!
Quyida tadbirdan olingan eng sara rasmlarni tomosha qiling.
To'liq fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilish mumkin. FOTOGALEREYA
foto: Tolibjon Qosimov
O’xshash yangiliklar

Fikrlar