So’nggi yangiliklar

08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  3 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  15 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  4 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  5 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  4 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  1 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  3 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  1 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  5 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1

"Bunyodkor" klubi Yuriy Sarkisyanni yubiley bilan tabrikladi (FOTO) Yangiliklar

"Bunyodkor" klubi Yuriy Sarkisyanni yubiley bilan tabrikladi (FOTO)

Bugun afsonaviy murabbiy Yuriy Vazgenovich Sarkisyan o'zining tavallud ayyomini nishonlamoqda.


Yuriy Vazgenovich 1947 yilning 30 may kuni Armanistonda tavallud topgan. 1970 yilda Termiz shahridagi "Avtomobilist" jamoasi safida ko'zga ko'rindi. 1975 yilda Farg'onaning "Neftyanik" klubi safiga borib qo'shilgan. 1978 yilda bir mavsum davomida "SHahrixonchi" klubi sharafini himoya qilgan. So'ngra yana Farg'onaga qaytib faoliyatining oxirigacha shu erda o'ynagan. 1982 yilda Yuriy Sarkisyan professional futboldagi faoliyatini tugatgan edi.


1985 yilda Moskvadagi murabbiylar tayyorlash Oliy maktabini yakunladi va oliy toifali murabbiy diplomini qo'lga kiritdi.

U dastlab murabbiy, keyinroq katta murabbiy, so'ngra "Neftyanik"ning bosh murabbiyiga aylandi. 1987-1989 yillarda jamoa uning qo'l ostida Sobiq Ittifoq chempionatining ikkinchi ligasi 7-zonasida chempionlikka erishib keldi. Klub birinchi ligaga yo'llanma olib debyut mavsumdayoq 7-o'rinni band etdi.

1990 yilda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy bo'ldi.

O'zbekiston mustaqil bo'lgach jamoa nomi "Neftchi" deb o'zgartirildi va o'zbek futboli bayroqdoriga aylandi. O'zbekiston chempionatning dastlabki to'rt mavsumida "Neftchi" oliy ligani faqat birinchi o'rinda tugatgan. 2001 yilda ham Farg'ona klubi Sarkisyan qo'l ostida O'zbekistonda tengsiz bo'lgan.

Yuriy Sarkisyan 27 yil davomida (1987-2013 yillarda) "Neftchi"da uzluksiz ravishda bosh murabbiy bo'lib ishlab keldi. Jamoa uning qo'l ostida jami besh marta O'zbekiston chempioni, ikki marta O'zbekiston kubogi sohibi, 9 marta O'zbekiston vice-chempioni bo'lgan.

2014 yildan buyon "Bunyodkor" klubida maslahatchi murabbiy sifatida ishlab kelmoqda. Yuriy Sarkisyan O'zbekistonda besh marta yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.

O'zbekiston futboli rivojiga qo'shgan xissasi uchun Yuriy Sarkisyan "Do'stlik" (1997 yil) va "Mehnat shuhrati" (2007 yil) ordeni kabi davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.


Bugun "Bunyodkor" stadionining anjumanlar zalida Yuriy Sarkisyanning 70 yoshlik yubileyiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Unda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi Rustam Qurbanov, “Bunyodkor” klubi bosh direktori Murod Aliev, “Bunyodkor” stadioni direktori Vohid Zakirov va “Bunyodkor” klubi xodimlari ishtirok etishdi hamda faxriy murabbiy Yuriy Sarkisyanni tavallud ayyomi bilan tantanali ravishda qutlashdi.
Anjumanni taniqli sharhlovchi, ustoz jurnalist Mirzahakim To'xtamirzaev olib bordi.


Dastlab so'zga O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi Rustam Qurbanov chiqdi.

- Yuriy Vazgenovich Sarkisyan haqida ortiqcha gapirib o'tirishga hojat yo'q. Kecha men Termizdan kurash musobaqasidan qaytib keldim. U erda viloyat hokimi Erkin Turdiev Yuriy Sarkisyan haqida esladi va murabbiyni bizga qaytarib yuboringlar, deb qoldi. Yuriy Vazgenovich aynan Surxondaryoda futboldagi ilk qadamini ("Avtomobilchi") qo'yganini yodga oldi va jamoamizni yana Oliy ligaga qaytarishini so'radi. Bu bilan nima demoqchiman? Yuriy Vazgenovich qaerda ishlagan bo'lsa, o'sha erda o'zidan ajoyib xotiralar qoldiradi va bu ajoyib insonni barcha birdek sevib eslaydi. Men Farg'ona haqida gapirmadim hali. Bu alohida mavzu. "Neftchi" deyilganda avtomatik tarzda barchaning hayoliga Sarkisyan keladi.
Yuriy Vazgenovich butun hayoti va sog'ligini "Neftchi"ga bahshida etgan fidoiy inson. Yuriy Vazgenovich nafaqat "Neftchi"da, balki "Bunyodkor"da ham katta mehnat qilmoqda. Bu inson qaerda ishlamasin, o'z ishiga chin yurakdan, sidqidildan yondoshadi.
Yuriy Sarkisyan bu avvalo futbol ramzi. Futbolga bo'lgan muhabbatni aynan Yuriy Sarkisyandan o'rganmoq lozim.
Yuriy Sarkisyan bu futbolga bo'lgan sodiqlikning eng oliy namoyondasi, desam mubolag'a bo'lmaydi.

Barchamiz bu insondan o'z ishiga bo'lgan sodiqlik, fidoiylik va o'z ishini chin yurakdan bajarishini o'rganishimiz, o'rnak olishimiz zarur. Biz hammamiz qaerda ishlamaylik, ertalab soat 9da ishga kelamiz va 18:00ga qadar o'z ishimizni bajarib, uyga qaytamiz. Kelamiz, ishlaymiz va maoshni olamiz. Bunga odatlanganmiz.
Lekin bu odam o'z ishiga butun umrini, sog'ligini bergan inson. Buni hamma ham uddalay olmaydi. Yuriy Sarkisyan nafaqat kuchli va istidorli futbolchilarni tarbiyalagan, balki u eng avvalo ulardan shaxs kashf etgan. Yuriy Vazgenovichning juda ko'plab shogirdlari bor. Masalan men ertalab Yuriy Vazgenovichga tabriklamoqchi bo'lib qo'ng'iroq qildim va uch marta ham tusha olmadim. CHunki telefon band edi. (SHu payt anjumanda rostan ham Yuriy Vazgenovich Sarkisyanning telefoni jiringlab qoldi) Mana so'zimga isbot. Yuriy Vazgenovich, iltimos, telefoningizni ovozsiz rejimga qo'ying.
Yuriy Sarkisyan: "Uzr, menga bu telefonni kecha qizim sovg'a qildi. Hali buni qanday ovozsiz rejimga qo'yishni ham bilmayman".

Rustam Qurbanov so'zida davom etarkan shunday dedi:
- Telefon, telegram, xatlar davlatdardan kelayotgan tabriklar, latifalar bilan to'lib toshgan. Bilasiz, Yuriy Vazgenovich latifalar ishqibozi hisoblanadi.
Men bekorga ushbu tadbirga kelganim yo'q. Birinchi navbatda men bu insonni juda hurmat qilaman. Ikkinchidan biz hammamiz, avvalo men rahbar sifatida bu insondan barcha odamlarga birdek muomalada bo'lishni o'rganishimiz kerak. Yuriy Vazgenovich "Bunyodkor"dagi barchaga birdek muomalada bo'ladi. Akademiyadagi barcha bolalarmi, murabbiylarmi hammani ko'nglini oladi va kerakli maslahatlarini ayamaydi.
Bekorga maslahatchi murabbiy bo'lib ishlamaydi. Haqiqiy maslahatchi.
Yuriy Vazgenovich, sizni yana bir marotaba chin yurakdan tabriklayman. Sog'lik, baxt va omad yor bo'lishini tilayman. Umriz uzoq bo'lsin. 100 yoshlik yubileyingizni nishonlayotganingizda ham tabriklash nasib etsin.
"Bunyodkor" akademiyada tahsil olayotgan yosh futbolchilar hozirgi kunda terma jamoalarimizning o'zagini tashkil qilmoqda. Akademiya tarbiyalanuvchilari bilan birgalikda "Bunyodkor"ning g'alabali odimlarini qaytarish nasib etsin.
Men ishonamanki, kelajakda O'zbekiston terma jamoasida asosiy rolni aynan "Bunyodkor" akademiyasi tarbiyalanuvchilari o'ynashadi.
Xudo xohlasa Jahon chempionatida agar 2018 yilda bo'lmasa, unda 2022 yilda aniq o'ynaymiz. Men bunga shaxsan ishonaman. Buyog'iga "Bunyodkor"ning "oltin dubllari" ham qaytadi. Bunga ishonamiz. Kelajakda "Bunyodkor" jamoasi OCHL bosh sovrinini ham qo'lga kiritadi.
Ijozatingiz bilan Sizni Vazirlik nomidan tabriklayman!


SHundan so'ng so'z navbati "Bunyodkor" bosh direktori Murod Alievga berildi.

- Yuriy Vazgenovich, siz shubhasig' buyuk insonsiz. Buyuk murabbiysiz. Meni kechagidek esimda, sizning qo'l ostingizda terma jamoada o'ynaganman. "Paxtakor"da o'ynab yurgan kezlarimda ham "Neftchi"ga qarshi ajoyib o'yinlar bo'lgandi. Siz boshqargan "Neftchi" kuchli va ajoyib jamoa bo'lgan. Har doim tarkibizda kuchli futbolchilar bo'lgan. Masalan, Bozorov, Do'rmonov, Lebedev, Fyodorov kabi yuqori saviyadagi futbolchilar bo'lgan. Aynan shu futbolchilar terma jamoa shanini munosib himoya qilishgan. Ular bilan Osiyo o'yinlarida ajoyib ishtirok etgandik.
SHuni aytib o'tishim kerakki, siz o'zbek futboli uchun juda ko'p katta ishlarni qilgansiz. O'zbek futboli uchun ko'p mehnatingiz singan.
Rustam aka juda to'g'ri aytib o'tdilar, sizning maslahatlaringiz bilan Mirjalol Qosimov kerakli xulosalarni chiqarishi va jamoani yana avvalgi mavqeiga qaytarishi lozim. Bu borada ham sizning tajriba va maslahatlaringizga quloq solamiz. Ko'p gapirmoqchi emasman. CHunki bu erda o'tirganlarning juda ko'pchiligi siz haqingizda gapirmoqchi. SHuni qayd etmoqchiman, shaxsan menga siz bilan birgalikda ishlash juda yoqimli. Bundan benihoyat xursandman.
Sizga sog'lik, baxt va omad tilayman. Doimo shunday navqiron va shijoatga boy bo'lib yuring. Butun klub nomidan sizni tug'ilgan kuningiz bilan tabriklayman.

Murod Aliev Yuriy Vazgenovich Sarkisyanga to'n kiydirdi.


Yubilyar to'nni kiygach bir latifani yodga oldi.

Sarkisyan: "Meni 60 yoshlik yubileyimda 20ga yaqin to'n kiydirishgandi. Men bularni oldimda, o'zbek mamurimga sovg'a qildim. Menga bularni nima keragi bor, yaxshisi sen olaqol. To'ylarda qarindoshlaring yoki tanishlaringa sovg'a qilasan dedim. Keyin uch kundan so'ng Emiratdan bir mehmon keldi. SHunda men mamurimga qarab, o'sha kungi to'nlardan bittasini olib kel, mehmonga sovg'aga, dedim. U esa menga qarab, hammasini sotib yubordim, desa bo'ladimi..." (zalda kulgu)


"Bunyodkor" stadioni direktori Vohid Zakirov:
- Yaqin 1,5-2 yillar ichida men Yuriy Vazgenovichdan juda ko'p latifalar eshitdim. 2 yil oldin men siz bilan tanishganimdan so'ng o'zim uchun ajoyib insonni kashf etdim. Siz nafaqat latifalar aytib berasiz, balki o'sha latifalarni kerakli joyda ishlatasiz ham. CHunki barcha latifalarning tagiga mano yotadi. Siz ajoyib inson, yaxshi maslahatguy aka. Sizni butun "Bunyodkor" stadioni mamuriyati nomidan muborakbod etamiz. Sizga baquvvat sog'lik, tinchlik-totuvlik tilaymiz. Hech qachon sizdagi quvvat, jo'shqinlik tark etmasin. Mana hozir Rustam Qurbanov eslab o'tdilar, sizni Termizda eslashadi, Farg'onada. Murod Aliev ham futbolchilik paytidagi yorqin xotiralarni eslab o'tdi. Bularni eshitish albatta juda yoqimli. Siz haqingizda ko'pchilik soatlab gapirishi mumkin. Bunga vaqt etmaydi. Kichik Sarkisyan sizning ishingizni, ananangizni davom ettirsin. Sizdagi insoniylik faktori qanday bo'lgan bo'lsa, hozir ham shunday. Siz barchaga birdek muomaladasiz. Doim shunday quvnoq va kuchga to'la bo'lib yuring.


O'zbekiston chempionatining 5 karra chempioni, O'zbekistonning 5 karra eng yaxshi murabbiyi, "Neftchi"dagi 27 yillik faoliyati bilan sodiqlik namoyondasiga aylangan buyuk inson, bugun o'zining 70 yoshlik yubileyini nishonlayotgan Yuriy Vazgenovich Sarkisyan so'zga chiqdi va anjuman ishtirokchilariga o'z minnatdorchiligini bildirdi.

- Men ko'p gapirmayman. CHunki ko'p gapirganimda so'kib yuboraman (kuladi). Men taqdirimdan minnatdorman. O'zbekistonda yashayotganimdan, shunday inoq va ahil insonlar bilan birga ekanligimdan juda xursandman. Buni har doim takidlab kelaman. Men 20 yoshligimda Erevandan ketganman va O'zbekistonga kelganman. O'zbekistonga kelib futbol o'ynashni boshladim. 1982 yilga qadar futbol o'ynadim va keyin butsamni mixga ildim. Keyin meni murabbiy yordamchisi qilib jamoaga olib qolishdi. Keyin meni Moskvaga o'qishga jo'natishdi. O'shanda O'zbekiston bo'yicha bitta joy ajratilgandi. 72 arizachilar ichidan menga o'qishga kirish nasib etdi. Ikki yil Moskvada o'qib qaytdim. Murabbiylik diplomini qo'lga kiritib qaytgach, Farg'onaning "Neftchi" jamoasini qabul qilib oldim. 1987 yildan 2013 yilga qadar "Neftchi"da ishladim.
Bu vaqt oralig'ida bir qator yutuqlarga erishdim. 9 marta oltin, 10ta kumush va ikkita bronza medalini qo'lga kiritdim.
Osiyo chempionlar ligasida 25 yil ichida faqat meni boshqaruvimda "Neftchi" medal yutishni uddalagan. Men o'zimga-o'zim hech qachon jamoaga futbolchi sotib olmayman, deb so'z bergandim. Doimo yosh iqtidorlarga, qishloqdagi bolakaylarga etibor qaratardim.
Meni o'zbek xalqi tarbiyalagan. O'zbek xalqi meni hayotdagi yo'limni ko'rsatgan. Farzandlarim ham O'zbekistonda tug'ilishgan. Men "Neftchi" bilan 4 yil ketma-ket chempion bo'lganimdan keyin 1996 yili "Navbahor" oltin medallarga ega chiqqandi. O'shanda men juda qattiq ranjiganman. Keyin ketishni o'ylab qoldim. Rossiyada ishlamoqchi bo'lib turgandim. Meni amakim bo'lardi, o'shanda u menga ketmaslikni maslahat bergan. Ketma, sen shu erda mashhur bo'lding, shunday jamoani boshqaryapsan, dedi. Lekin men ketmoqchi edim. Bu erda hech kimga kerak emasman, deb o'ylab qolgandim. Lekin amakim, menga quloq sol, prezident hamma narsani biladi, dedi. Bir yil shoshmagin deb maslahat berdi. 1997 yili O'zbekiston terma jamoasi bilan Kombodjaga ketgandim. Kelishim bilan uyimga hukumatdan telegramma keldi. Bunday ochib qarasam, qilgan mehnatlari uchun, O'zbekiston sporti rivoji yo'lida qo'shgan hissalari uchun "Neftchi" klubi hamda O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Yuriy Sarkisyan "do'stlik" ordeni bilan taqdirlansin, deb yozilgan. SHundan keyin hech qachon O'zbekistondan ketmaslikka o'zimga-o'zimga so'z berganman. Va doim o'zbek yoshlariga etibor qaratib, ulardan kelajakda yaxshi futbolchi chiqishi uchun mehnat qilaman, deb vada berdim. Barchaga katta rahmat!

Yana bir bor hammaga rahmat deyman va minnatdorchilik bildiraman.

SHu o'rinda bir narsani aytib o'tmoqchiman, men musulmon odatlari bo'yicha yashayman. Buni barcha bilishini istardim, 2004 yili biz Saudiya Arabistonida o'ynagandik. Men o'shanda ular bilan kelishib qo'ygandim va butun jamoani Haj safariga yuborgandim. O'shanda men ularga o'lganimdan keyin meni eslab yurasizlar, degandim.
Hozir Ramazon oyi. To'g'ri tushunasizlar. SHu boisdan ham men ro'zadan keyin barchani banketga taklif etaman. Havotir olmanglar, hammasi gaplashib qo'yilgan (zalda kulgu).


Tadbir samimiy ruhda, ajoyib muhit ostida o'tdi.

Yuriy Vazgenovich, tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin!

FOTOGALEREYA. Yuriy Sarkisyan 70 yoshga to'ldi


Tadbir video sharhi

TAS-IX

VIDEO

TAS-IX emas



Foto: Narzulla Saydullaev

SHahboz Beg'amov tayyorladi

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика