“Bunyodkor” kiberfutbolchisi Parijda!
27 okt 2016 12:26
Yangiliklar
“Bunyodkor” kiberfutbolchisi Parijda!
Kiberfutbol bo'yicha jahon chempionatiga ajratilgan yagona yo'llanmani o'tish turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etgan “Bunyodkor” kiberfutbolchisi Muhammadamin Turg'unboev (Ali_Bebeto) qo'lga kiritgan edi.
29-31 oktyabr kunlari Franciyaning Parix shahrida 32ta kiberfutbolchi 2016 yilda jahonning eng kuchli virtual futbolchisi nomiga oydinlik kiritishadi.
O'zbekiston nomidan turnirda ishtirok etadigan Muhammadamin Turg'unboev (Ali_Bebeto) ayni paytda Parijda bo'lib turibdi va jahon chempionati oldidan tayyorgarlikning so'nggi bosqichini olib bormoqda. Sportchimizga Franciyada kiberfutbol associaciyasi rahbari Azizbek Pattaxov xamrohlik qilmoqda.
Kiberfutbol bo'yicha jahon chempionatida 32ta sportchi 4ta guruhga 8tadan taqsimlangan holda ishtirok etadi. “Pley-off” bosqichiga har bir guruhdan 4tadan (jami 16ta) ishtirokchi yo'llanma oladi. Keyin esa olimpiya tizimida kuchlilar saralanib boriladi. Muhammadamin Turg'unboev (Ali_Bebeto) jahon chempionatidagi ishtirokini 29 oktyabr kuni angliyalik Spencer “Gorilla” nikli kiberfutbolchiga qarshi bahs bilan boshlaydi.
Qayd etish kerakki, kiberfutbol bo'yicha jahon chempionatining umumiy sovrin jamg'armasi 15 ming AQSH dollarini tashkil etadi: 1-o'rin – 8.000, 2-o'rin – 4.000, 3-o'rin – 2.000, 4-o'rin – 1.000.
Kiberfutbol bo'yicha jahon chempionati bahslarini www.eswc.com sayti orqali on-layn kuzatib borishingiz mumkin.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar