“Bunyodkor” Jiddada mashg'ulot o'tkazdi
20 fev 2017 09:00
Yangiliklar
“Bunyodkor” Jiddada mashg'ulot o'tkazdi
“Qaldirg'ochlar”ning bugungi tayyorgarligi “Al-Ahli”ning uy arenasi – “Sport Siti” stadioni mashg'ulot maydonida o'tkazildi. Sergey Lushchan boshchiligida olib borilgan mashg'ulotda jamoa bilan Jidda shahriga olib kelingan barcha 18 nafar futbolchi qatnashdi va jarayon roppa-rosa bir soat davom etdi.
Yigitlarning kayfiyatlari alo darajada ekanligi va guruh bosqichi startidagi natija ahamiyati qanchalik yuqori ekanliklarini juda yaxshi tushunib turishibdi.
Ertaga o'yinoldi rasmiy tadbirlar bor. Soat 15:00da jamoalar menejerlari ishtirokida yig'ilish bo'lsa, 16:00dan etiboran har ikkala bosh murabbiylar va bittadan etakchi futbolchilar OAV vakillari savollariga javob qaytarishadi. SHundan keyin “Al-Ahli” (soat 19:00da) va “Bunyodkor” (20:00) futbolchilari “Sport Siti” arenasida rasmiy mashg'ulot olib borishadi.
Eslatib o'tamiz, “Al-Ahli” – “Bunyodkor” uchrashuvi 21 fevral, seshanba kuni mahalliy vaqt bilan 20:15da (Toshkentda 22:15 bo'ladi) boshlanadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar