"Bunyodkor" jamoasi ham jiddiy o'zgarish arafasida
16 apr 2017 18:44
Yangiliklar
"Bunyodkor" jamoasi ham jiddiy o'zgarish arafasida
"Bunyodkor" jamoasining 2017 yildagi qoniqarsiz natijalaridan so'ng klubda yangilanish davri boshlanishi mumkin. Tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra, Murod Aliev klub strukturasida ish boshlashi mumkin.
Bu yangilik tez kunlarda rasman elon qilinishi mumkin. Murob Boqievich aynan qaysi lavozimda faoliyat olib borishi borasida aniq axborot mavjud emas.
SHu bilan birga Sergey Lushanning ham "Bunyodkor" bosh murabbiy sifatidagi so'nggi o'yinlari o'tkazayotganligini takidlab o'tish mumkin. Jamoa homiylari OCHLning 5-tur uchrashuvida qoniqarsiz natija qayd etilsa murabbiylar shtabida o'zgarish bo'lishi mumkinligi haqida ogohlantirganlar.
Agar Murod Aliev klubda faoliyat boshlasa, Mirjalol Qosimovni ham tez kunlarda "qaldirg'ochlar" safida ko'rishimiz mumkin. Mirjalol Qosimovni o'zi ayni paytda O'zbekistonda emas.
Ikkinchi davradan o'zbek futbolida, yana 2008 yillardagi "Paxtakor" - "Bunyodkor" keskin qarama - qarshiligini kuzatishimiz mumkin bo'ladi.
Fikrlar