So’nggi yangiliklar

20:25"Вестерло" — "Антверпен". Таркиблар маълум  0 19:57"Барса" 17 ёшли озарбайжонлик футболчи билан шартнома имзолади  1 19:28"Алавес" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 19:25Ўзбекистон — Ўмон 0:1 (Матнли трансляция)  108 19:03АПЛ. "Челси" Лондон дербисида ишончли ғалабага эришди  11 18:57"CAFA Nations Cup-2025". Қирғиз Республикаси ва Туркманистон ўзаро дуранг ўйнади  26 18:23"Тоттенхэм" — "Борнмут" ва МЮ — "Бёрнли" ўйинлари учун таркиблар маълум  3 18:19"Ал Наср" — "Ал Батаэҳ". Ғаниев Лига кубоги учун ўйинда асосий таркибда  2 17:52"Ньюкасл" 85+5 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилди?!  10 16:53EЧЛ умумий босқичи тақвими: ўйинлар 16 сентябрдан 28 январгача бўлиб ўтади. "Реал" "Атлетико" билан дербидан 2 кун ўтиб, 30 сентябрь куни "Қайрат" меҳмони бўлади  10 15:2240 ёшли Роналду Португалия терма жамоасига чақирилди. Бруно, Феликс, Витинья, Далот ҳам рўйхатда  2 14:48Катта футболга йўл очувчи мусобақа — УЕФА Ёшлар Лигаси: "Қайрат" илк бор ЕЧЛда қатнашади  3 14:41Расман: Нкунку "Челси"дан "Милан"га ўтди  2 14:12"Байер" 30 миллион евролик трансферни амалга оширмоқда  0 13:31"Бавария" Жексонни 65 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқи билан 15 млн еврога ижарага олади. Мюнхенликлар "Челси" билан келишиб олди  3

"Bunyodkor" ham bugundan yig'inni boshladi. Jamoani ikki nafar futbolchi tark etdi, Anvar G'ofurov futbolchilik faoliyatini yakunladi Yangiliklar

"Bunyodkor" ham bugundan yig'inni boshladi. Jamoani ikki nafar futbolchi tark etdi, Anvar G'ofurov futbolchilik faoliyatini yakunladi

"Bunyodkor" jamoasi bugun o'z qarorgoxida yig'ildi va yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.

Noqulay ob-havo tufayli dastlabki kungi mashg'ulotlar klub akademiyasi zalida olib borildi. Quvnoq kayfiyatda o'tgan mashg'ulot yakunida jamoa azolari ikkiga bo'lingan holdan o'zaro o'rtoqlik uchrashuvida bellashishdi. 

Bizga malum bo'lishicha jamoani ayni vaqtga qadar turkmanistonlik yarim himoyachi Selim Nurmuradov, tojikistonlik Davronjon Ergashevlar rasman tark etgan. Mahoratli kiper Abdumavlon Abdujalilov faoliyatini "Lokomotiv"da davom ettirishga yaqin. Dilshodbek Ahmadaliev AGMK jamoasiga yo'l oldi. SHuningdek Islom Qobilovning ham masalasiga hali oydinlik kiritilmagan. Avvalroq himoyachiga Janubiy Koreya klublari, o'zimizdan esa "Lokomotiv" qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edik. Yangi qo'shilganlar haqida deyarli malumot yo'q, faqatgina ijaradan qaytgan va o'rinbosarlar jamoasidan jalb qilingan yosh futbolchilar ko'rikda bo'lib turibdi. 

Jamoaning faxriy futbolchilaridan biri Anvar G'ofurov joriy yildan etiboran butsalarini mixga ilishga qaror qildi. Futbolchilik faoliyatini 2000 yil Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasida boshlagan futbolchi shu kungacha "Dinamo", "Paxtakor", "Navbahor", "Mashal", "Bunyodkor" va "Obod" jamoalarida to'p tepgan. 2009 yilda "qaldirg'ochlar" azosiga aylangan himoyachi 2016 yilgacha mazkur jamoa sharafini munosib himoya qildi. Orada malum vaqt ijara asosida "Obod"da harakat qildi va 2017 yilning ikkinch davrasida qadrdon jamoasiga qaytdi.

"Bir jamoada uzoq vaqt to'p tepishning siri ? Mening uylashimcha ko'p narsalardan iborat. Bu murabbiylarning sizga nisbatan ishonchi, shifokorlarimizning va massajistlarimizning mehnati, jamoadoshlarimning va albatta oila azolarimning  yordami  bois  shu yoshimda ham maydonda to'p tepib  kelyapman. Rostini aytganda bu klubning  yaxshi va og'ir  kunlarida  birga bulganman va ko'p narsalarni ko'rib, o'zim uchun yangi narsalarni kashf qilganman. Vaqtida xorij jamoalaridan ham takliflar qabul qilganman. Ammo, jamoaga yordamim tegsin deb barini rad qilganman. O'ylaymanki bu jamoa hali uzoq yillar mobaynida ajoyib o'yinlar ko'rsatib, muxlislarni hushnud etadi. To'g'ri, hozir tarkib ancha yoshargan, shunday bo'lsada yuqori o'rinlarni zabt etishga tayyor. Xudo xohlasa, murabbiy sifatida ish boshlash niyatim bor. SHu bois futboldan butunlay ketdim deya olmayman",- degan edi Anvar G'ofurov saytimizga bergan intervyusida.

Yaqin orada biz yashil maydonda ko'rishga odatlangan Anvar G'ofurovni murabbiylar o'rindig'ida kuzatarmiz. Qolganini esa vaqt ko'rsatadi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика