So’nggi yangiliklar

16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  0 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  1 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  3 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  5 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10

"Bunyodkor" futbol klubiga yangi prezident tayinlandi Yangiliklar

"Bunyodkor" futbol klubiga yangi prezident tayinlandi

Teglar :  Bunyodkor
“Bunyodkor” futbol klubi Kuzatuv kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda klub moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini taminlash va boshqa bir qator tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari ushbu yig'ilishda, Kuzatuv kengashi azolari tomonidan klubga yangi prezident tayinlash masalasi ham ko'rib chiqildi va nafaqat O'zbekistonda, balki Osiyoda ham o'z nomi va o'rniga ega bo'lgan “Bunyodkor” futbol klubi rahbariyatida o'zgarish ro'y berdi.

“O'zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Razzoqovich Abdullaev rasman “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti etib tayinlandi.

O'z navbatida, Abdullaev Mehriddin Razzoqovichga “Bunyodkor» futbol klubi prezidenti lavozimi davrida katta omad va zafarlar tilab, ularning rahbarligi ostida “Bunyodkor” o'zining shonli tarixi qaytishiga, jamoamiz yana chempionlik uchun kurashishiga, Osiyo chempionlar ligasida yana muntazam tarzda to'p surishiga ishonamiz!

Malumot uchun: Mehriddin Abdullaev 1969 yil Buxoro viloyati Jondor tumanida tug'ilgan. Mutaxassisligi – iqtisodchi, huquqshunos. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, O'zbekiston milliy banki va O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика