So’nggi yangiliklar

16:50"Барселона" "Бавария" ҳимоячисини нишонга олди  0 16:25Суперлига. "Сурхон" – "Динамо". Таркиблар маълум  0 16:23"Бухоро" — "Пахтакор". Таркиблар маълум  4 15:58МЮ "Сандерленд"га мағлуб бўлса, Аморимни истеъфога чиқариши мумкин  2 15:20"Лидс" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  1 15:14"ФарДУ" — "Олимпик MobiUz". Таркиблар маълум  0 14:55Миржалол Қосимов: "Тўйдан олдин ноғора чалиб бўлмайди. Ҳаммаси Лёвдан бошланди"  14 14:26Бугун Ўзбекистон Пролигасида 4-давра ўйинлари старт олади  1 13:37"Ман Сити" футболчиси билан шартномани 2031 йилга қадар узайтирди  1 13:13U-20 жаҳон чемпионати-2027. Финалга Ўзбекистон мезбонлик қиладими ёки Озарбайжон?  10 12:50Суперлиганинг 23-турида ҳакамлик таҳлили: нотўғри четлатиш ва белгиланмаган пенальти  4 12:25ЎФА "тилга кирди" ва Каннаваро билан музокаралар ўтказилаётганини маълум қилди  42 12:22Фати "Монако"да ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Барса"дан ижарага олинган вингер 3 та ўйинда 4 та гол урди  6 11:58"Реал", "Атлетико" ва МЮнинг собиқ 28 ёшли футболчиси "Интер Майами"га ўтиши мумкин  2 11:27МЮ ва "Ман Сити" "Бавария" футболчи билан боғланди  5

Bunyodkor futbol klubi bosh direktori maxsus sertifikat bilan taqdirlandi Yangiliklar

Bunyodkor futbol klubi bosh direktori maxsus sertifikat bilan taqdirlandi

2019 yilning 4 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risidagi Farmoni elon qilingan edi.

«Bunyodkor» futbol klubi bosh direktori Ulug'bek Mirzaev 2020 yilning may oyida Respublika miqyosida o'tkazilgan «O'zbekistondagi ilmiy-amaliy tadqiqotlar» mavzusidagi 16-ko'p tarmoqli ilmiy konferenciyada faol ishtirok etgani uchun maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.

Ulug'bek Mirzaev ushbu ilmiy konferenciyada futbol klublari byudjetining daromadlariga oid qismi, yana ham aniqrog'i, «Xalqaro tajriba misolida sport klublarini tijoratlashtirishning innovacion mexanizmlariga baho berish» mavzusida qatnashdi.

Xabaringiz bor, 2019 yilning 4 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Miromonovich Mirziyoevning «O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni elon qilingan edi. Mazkur farmonda futbol klublarini tijoratlashtirish, o'zini-o'zi moliyalashtirish, bosqichma-bosqich xususiy sektorga sotish masalalari ustuvor vazifa qilib belgilangan. «Bunyodkor» futbol klubi bosh direktori, davlat rahbarining farmoniga monand ravishda, shu kunlarda futbol klublari byudjetlarining daromadlar qismini takomillashtirish va rivojlantirishga oid ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Yuqorida aytib o'tilgan konferenciyada, ushbu ilmiy izlanishlarning bir qismi sifatida, o'zining chiqishi bilan ishtirok etgan Ulug'bek Mirzaev konferenciya tashkilotchilari tomonidan munosib ravishda etirof etildi.

Ilmiy maqolaning to'liq matni bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика