So’nggi yangiliklar

11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  1 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  1 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  2 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  8 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  14 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  6

“Bunyodkor” FK 11 yoshda! Yangiliklar

“Bunyodkor” FK 11 yoshda!

Teglar :  Bunyodkor
Bugun “Bunyodkor” futbol klubi tashkil etilganiga roppa-rosa 11 yil to'ldi.
Klub 2005 yilning 6 iyul sanasida tashkil topgan. O'shanda “Quruvchi” nomi ostida faoliyat yurita boshlagan jamoa xavaskorlar o'rtasidagi Toshkent shahar chempionati orqali birinchi ligaga yo'llanma beruvchi o'tish turnirining final bosqichida ishtirok etgan. Musobaqa yakuniga ko'ra, “Quruvchi” birinchi ligaga berilgan yo'llanmalarning birini qo'lga kiritgan.

2006 yil birinchi liga bahslari yakunlariga ko'ra “Quruvchi” (38 uchrashuv, 27 g'alaba, 5 durang va 6 mag'lubiya bilan) oliy ligada ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.
Oliy ligadagi debyut mavsumdayoq “Quruvchi” ichki musobaqalarda bir necha yangi rekordlar o'rnatdi. Mamlakat grandlari bilan uchrashuvlarda eng ko'p gol urish, eng kam gol o'tkazish, eng ko'p ochko jamg'arish kabi ko'rsatkichlarda yangi sahifalar ochildi. Qolaversa, debyutant jamoa vakili Ilhom Mo'minjonov mavsum yakuniga ko'ra chempionatning eng yaxshi to'purari nomiga sazovor bo'ldi.

2008 yilning 3 avgustidan boshlab jamoa nomi “Quruvchi”dan “Bunyodkor”ga o'zgartirildi. Qisqa fursat ichida “Bunyodkor” besh karra mamlakat chempioni, ikki karra vice-chempion, mamlakat kubogining to'rt karra sohibi, O'zbekiston superkubogi egasiga aylandi. “Bunyodkor” qitamizning klublar o'rtasidagi eng nufuzli musobaqasi – Osiyo CHempionlar ligasida ikki marta yarim finalga qadar etib bordi. 2008 yilda “Bunyodkor” futbolchisi Server Jeparov Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. Qitamiz futbolining eng nufuzli tashkiloti – OFK 2015 yil yakunlariga ko'ra, “Bunyodkor” FK xizmatlarini yana bir bor etirof etdi. Mavsum yakunida aniqlangan Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi nominaciyasining yakuniy uchlik ro'yxatini to'liq “qaldirg'ochlar” to'ldirishdi va yakunda g'oliblik Dostonbek Hamdamovga nasib etdi. O'tgan vaqt mobaynida “Bunyodkor” brendi nafaqat Osiyoda, balki butun dunyo bo'ylab keng tarqaldi.

Xududimizda yagona, zamonaviy talablarga to'liq javob beradigan va barcha qulayliklarga ega bo'lgan “Bunyodkor” stadionida barpo etildi. Klub qoshidagi futbol maktabi kun sayin yangi-yangi marralarni ko'zlagan holda faoliyat yuritmoqda. “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari turli yoshdagi O'zbekiston terma jamoalarida harakat qilishmoqda.

Faoliyati davomida “Bunyodkor” bilan bog'liq bo'lgan barcha insonlarni – murabbiylar, futbolchilar, muxlislar, ishchi xodimlar, homiylar va boshqalarni chin dildan muborakbod etamiz. Ishonamizki, jamoamiz hali yangidan-yangi marralarni zabt etib, muxlislarga yorqin g'alabalarni taqdim qiladi.

11 yoshing muborak, “Bunyodkor”!
Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика