So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  0 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  0 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  4 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

“Bunyodkor” “Emireyts” klubi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ymoqda Yangiliklar

“Bunyodkor” “Emireyts” klubi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ymoqda

Teglar :  BunyodkorEmireyts
“Bunyodkor” o'z oldiga doimo yuqori maqsadlarni qo'yib keladi.

Murod Aliev klub Bosh direktori lavozimida ish boshlagach, birinchi navbatda Akademiya faoliyati isloh qilinishiga jiddiy etibor qaratdi. Murabbiylar malakasini oshirish, yosh iqtidorli o'yinchilarga alohida urg'u berib, ularni bosh jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etishini tizimli ravishda taminlash yo'lga qo'yildi.

Kuni kecha “Bunyodkor” futbol klubi Bosh direktor o'rinbosari Zokirjon Xoliqov BAA davlatiga safar uyushtirib, “Emireyts” futbol klubi va Akademiyasining faoliyati bilan yaqindan tanishdi va rasmiylar bilan uchrashdi. Aytish kerakki, “Emireyts” BAA Pro ligasi ishtirokchisi hisoblanadi. Jamoa yozgi transfer oynasi vaqtida tarkibini jahon futbol yulduzi Andreas Inesta bilan kuchaytirdi. Hali ham maydonda javlon urayotgan ispaniyalik yulduz dunyoning bir qator mamlakatlarida o'z futbol Akademiyasiga asos solgan.

Zokirjon Xoliqov “Emireyts” futbol klubi direktorlar kengashi raisi Yusuf Abdulloh Al Batran va Andreas Inesta bilan samimiy ruhda o'tgan uchrashuvda Akademiyalar faoliyati, ish tizimi haqida suhbatlashdi. SHuningdek, “Bunyodkor” Akademiyasi jamoalarini BAAda tashkil etiladigan musobaqalarda qatnashishi to'g'risida so'z bordi. Jumladan, BAA davlatida o'tkaziladigan bolalar turnirlarida ishtirok etadigan “Bunyodkor” Akademiyasi jamoalari uchun “Emireyts” futbol klubi tomonidan barcha sharoitlar yaratib beriladi. Yusuf Abdulloh Al Batran “Bunyodkor” haqida etarlicha malumotga ega ekanligini takidlab, o'zbekistonlik futbolchilarga hurmati baland ekanligini malum qildi. Xususan, o'z vaqtida “Bunyodkor” va “Emireyts” futbol klubida to'p surgan Jasur Hasanovni “bizniki” der ekan, nafaqat Akademiya jamoalariga, balki bosh jamoamiz BAAda o'quv-yig'in mashg'ulotlari o'tkazsa, moddiy manfaatlarsiz klubga tegishli maydonlardan foydalanishiga ruxsat berilishini bildirdi.

Suhbat davomida janob Yusuf Abdulloh Al Batran, albatta tez orada O'zbekistonga tashrif buyurishini hamda “Bunyodkor” futbol klubi bilan yaqindan tanishishini takidladi.



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика