So’nggi yangiliklar

22:28АПЛда мавсум мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  1 22:12Саудия Арабистонида бугун чемпион аниқланиши мумкин  0 21:43Эрон. "Персеполис" мавсумни ишончли ғалаба билан якунлади, Остон Ўруновдан гол!  2 21:24АПЛда мавсум футболчиси ким бўлади? Номзодлар билан танишинг  4 20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  5 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  9 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  6 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  1 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  9 18:29"Арсенал" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  3 18:07"Нефтчи" бош менежери Грузия клуби академиясида бўлди  6 17:47Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 мусобақасида қатнашадиган таркиби маълум  8 17:22Винисиус Жуниор футбол империясини кенгайтирди: "Реал" вингери Бразилиянинг "Атлетик" клубини сотиб олди  2 16:54"Тоттенхэм" футболчиси операция қилинди ва МЮ билан ўйинни ўтказиб юборади  1 16:26​Алонсо "Реал"га қайси футболчиларни олиб келмоқчи?  6

"Bunyodkor" - "Dinamo" 1:0. "Qaldirg'ochlar"da kichik g'alaba! Yangiliklar

"Bunyodkor" - "Dinamo" 1:0. "Qaldirg'ochlar"da kichik g'alaba!

Oliy Liga 10-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" hamda "Dinamo" jamoalari o'rtasidagi o'yinning matnli translyaciyasi bilan shu erda tanishib borishingiz mumkin bo'ldi.

"Bunyodkor" (Toshkent) - "Dinamo"(Samarqand) 1:0 

Gol: Rashidov 78.

Bosh hakam: Zokir Qodirov (Navoiy)
Qanot hakamlari: Andrey Snetkov (Yangiyo'l), Sanjar SHoyusupov (Toshkent)
Zahira hakami: Elyor Tursunov (Buxoro)
Hakamlar nazoratchisi: Artyom Arutyunov (Toshkent)
Uchrashuv komissari: Farhod Magametov (Toshkent)

"Bunyodkor": Zuxurov, SHorahmedov, Karimov (s), G'ofurov, Zuagi, Ibrohimov, Minori, Jo'raboev, Rashidov, Sobirxo'jaev, Ayupov.

Zaxira: To'raev, Berdiev, M G'ofurov, Miloshevich, Bekrich, Ismoilov, Nuriev.

"Dinamo": Melnichuk, Mamatkazin, Fomin, Zokirov, Ibragimov, Xolmurodov, Azimov (SHaripov 68), SHarofutdinov, Murodov SHaripov,(I. SHaripov 67 (Abdusalimov 86), CHipov, Agaliev.

Zaxira: Xudoyorov, Isroilov, Smolyachenko,  To'ychiboev, T SHaripov.

Ogohlantirishlar: Karimov 41.



90+3. O'yin yakunlandi! Ushbu g'alaba bilan "Bunyodkor" muxlislarini tabriklab qolamiz. Biz bilan birga bo'lganligingiz uchun rahmat!


90+2. "Dinamo" tomonidan uyushtirilgan yana bir hujum samarasiz yakunlandi.


90. Ikkinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi.


86. Islom SHaripov jarohati sababli maydonni tark etdi. Uning o'rniga o'yinni Firdavs Abdusalimov davom ettiradi.


83. Islom SHaripov Minoriga nisbatan jarima maydrnchasi atrofida qo'pollik ishlatdi.


81. "Bunyodkor"da o'zgarish. Ayupov o'rniga Anvar Berdiev o'yinni davom ettiradi.


78. GOOOOOOLLL! RASHIDOOOOV!!! Jarima maydoni ichida Sato bilan amalga oshirilgan kombinaciyadan so'ng futbolsi hisobni ochmoqda!


72. Rashidov ijrosida ajoyib zarbaaa! Lekin, to'p biroz darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.


71. Simulyaciya uchun Zuagi ogohlantirildi.


70. Zarbaaaa! Zuagida ajoyib imkoniyat bo'lgandi. Lekin yana mehmonlar posboni mahorat ko'rsatdi.


68. "Dinamo"da yana o'zgarish. T. SHaripov Azimovning o'rniga maydonga tushdi.


67. O'zgarish. Murodov o'rniga I. SHaripov maydonga tushdi.


66. CHipevning zarbasii! Endi Zuhurovdan seyv!


64. Zarbaaaaa! Rashidooooovv!! Biroq, raqib darvozaboni o'z o'rnida!


60. Ikki jamoa murabbiylari ham o'rinlaridan turganicha shogirdlariga ko'rsatma bermoqdalar.


56. Endi Sobirxo'jaevning bergan zarbasi noaniq...


54. Xavfli vaziyayayat! Mehmonlar tomonidan uyushtirilgan hujum Nikolay CHipevning biroz noaniq bo'lgan zarbasi bilan yakunlandi...


50. Komil SHarofitdinovning bergan zarbasini Zuhurov ushlab oldi.


47. Obid Jo'raboevga nisbatan qo'pollik ishlatishdi.


Ikkinchi bo'lim boshlandi!


Tanaffus!


Birinchi bo'lim yakunlandi.


45. Birinchi bo'limga bir daqiqa qo'shib berildi.


42. Fomin qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Aks holda hisob ochilishi mumkin edi...


41. Xayrulla Karimov raqib futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.


39. Minori o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.


38. To'p nazorati "Bunyodkor"da.


32. Aziz Ibragimovning bergan zarbasi yuqoriga qarab yo'l oldi.


29. Timur Ayupov Sato Minori harakatlanishiga halaqit berdi va hujum o'z o'zidan yo'qqa chiqdi.


26. Aziz Ibragimov raqib jarima maydonida to'pni qo'lib bilan o'ziga tashlab oldi va hakam xushtakni chaldi.


22. "Dinamo" Toshkentga stadionni tomosha qilishga kelmaganini isbotlashga urinyapti.


21. "Bunyodkor" gol urish uchun qulay imkoniyatga ega bo'ldi. To'p qarshisida Zuagi. SHakerning zarbasi jonli devorga tegdi xalos.


19. "Bunyodkor" tuli xil usullar bilan raqib jarima maydonchasiga yorib kirishga urinyapti, ammo hozircha befoyda.


16. "Dinamo"ning standartini raqiblar qaytarishdi, ammo ikkinchi to'lqindagi hujum zarba bilan yakunlandi. Lekin juda noaniq.


12. "Bunyodkor" burchakdan to'pni o'yinga kiritdi.  Jarima maydoniga uzatib berilgan to'p Temur Ayupovga tushdi, ammo Ayupov raqib qarshiligi tufayli to'pni darvozaga kirita olmadi.


7. Rashidov jarima zarbasi tepish imkoniyatiga ega bo'ldi, ammo to'p jonli devordan uyog'iga o'tmadi.



6. G'ofurov Otabek Zokirovga qarshi qo'pollik ishlatdi. Jarima zarbasi xavfli chiqdi, ammo bu to'pga mehmonlardan hech kim eta olmadi.


5. Zuagi Krishtianu Ronaludga taqlid qilib qora butsalarda maydonga tushibdi.


2. Ilk daqiqalardan mezbonlar tezkor gol kiritishga harakat qilyapti.


1. O'yinga start berildi.


Uchrashuvni "Bunyodkor" boshlab beradi.


Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.


Bugungi o'yinga 800dan ortiq muxlis tashrif buyurgan.

Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari! "Bunyodkor" - "Dinamo" o'yinidan matnli translyaciyani boshlaymiz!



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика