So’nggi yangiliklar

09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  3 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  7 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2

"Bunyodkor" bugundan mashg'ulotlarni boshladi. Tarkibda 3 nafar yangi futbolchi bor Yangiliklar

"Bunyodkor" bugundan mashg'ulotlarni boshladi. Tarkibda 3 nafar yangi futbolchi bor

SHuhrat Maqsudov murabbiyligidagi “Bunyodkor” bugundan 2022 yilgi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

“Bunyodkor” akademiyasi maydonida boshlangan bugungi mashg'ulotlarda 20 nafar futbolchi ishtirok etdi. SHuhrat Maqsudov boshchiligidagi murabbiylar shtabi yig'inning ilk kunidagi mashg'ulotlarda o'yinchilarga katta yuklamalar bergani yo'q. Futbolchilar maydonda to'p bilan ishladi va engil jismoniy mashg'ulotlarni bajarishdi. Mashg'ulotlarga Suhrob Sultonov, Dilshod Jo'raev va Usmonali Ismonaliev jalb etilgan.

Jamoamiz bilan amalda shartnomasi bor Suhrob Izzatov, Odiljon Abdurahmonov, Davronjon Ergashev tez kunlarda mashg'ulotlarga qo'shiladi. Jarohatini davolatayotgan Rasul Yo'ldoshev esa, bir necha kundan so'ng umumiy guruh bilan mashg'ulotlarni boshlaydi. 

Bugun boshlangan yig'in 2 fevralga qadar Toshkentda davom etadi. Bu muddat oralig'ida jamoamiz oltita nazorat o'yinida maydonga tushadi. Dastlabki raqib “Qo'qon-1912”. Uchrashuv 15 yanvarda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Tayyorgarlikning so'nggi bosqichi Turkiyada o'tkaziladi. “Bunyodkor” rejaga ko'ra 5 fevral kuni Turkiyaga yo'l oladi. 

Bugungi mashg'ulotlarda ishtirok etgan futbolchilar – Ravshan Yagudin, Sarvar Karimov, Zafar Safoev, Suhrob Sultonov, Avazbek O'lmasaliev, Bilol Tupliev, Jahongir Abdusalomov, Usmonali Ismonaliev, Dilshod Jo'raev, Muhammadodil Qahramonov, Dian Talxatov, G'ayrat Azizxo'jaev, Umid Sultonov, Sanjar Rixsiboev, Aziz Pirmuhammadov, Muzaffar Olimjonov, Xurshid Ubaydullaev, Bek Abdullaev, Alfayzi Nematov, Umarali Rahmonaliev.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика