“Bunyodkor” bugun “Spartak” (Moskva) bilan o'ynaydi
30 jan 2014 10:29
Yangiliklar

“Bunyodkor” bugun “Spartak” (Moskva) bilan o'ynaydi
“Qaldirg'ochlar” bugun amirliklardagi uchinchi nazorat uchrashuvida o'tkazishadi.
Yangi
mavsumga tayyorgarlikni Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettirayotgan
Toshkentning “Bunyodkor” klubi bugun Moskvaning “Spartak” jamoasi bilan
kuch sinashadi. Uchrashuv Abu-Dabi shahrida mahalliy vaqt bilan soat 18:30da
(Toshkentda 19:30 bo'ladi) boshlanadi.
Mirjalol Qosimov shogirdlari bungacha Rossiya premer-ligasining ikki vakili – “Rostov” va “Dinamo” jamoalari bilan nazorat uchrashuvida kuch sinashib, har ikkalasida durang natija qayd etgan edi – 0:0 va 1:1.
“Bunyodkor”ning rasmiy veb sayti va tvitterdagi rasmiy sahifasi orqali “Bunyodkor” – “Spartak” (Moskva) uchrashuvining matnli on-layn translyaciyasi bilan tanishib borishingiz mumkin bo'ladi.

Fikrlar