“Bunyodkor” bugun “Astana” bilan o'ynaydi
04 fev 2015 11:07
Yangiliklar

“Bunyodkor” bugun “Astana” bilan o'ynaydi
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi bugun Antaliya yig'ini doirasidagi navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazadi.
Sergey Lushan shogirdlari Qozog'istonning “Astana” klubi bilan kuch sinashadilar. Uchrashuv Antaliyadagi “Mardan” sport majmuasi stadionida Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.
“Astana” futbol klubi 2009 yilda “Megasport” va “Olma-Ota” klublarining birlashuvidan keyin tashkil etilgan. Klub shu vaqt oralig'ida Qozog'istonning chempioni (2014), Qozog'iston kubogi (2010, 2012) va Qozog'iston superkubogi (2011) kabi sovrinlarni qo'lga kiritgan. Jamoaga bolgariyalik mutaxassis Stanimar Stoylov ustozlik qiladi.

Fikrlar