So’nggi yangiliklar

13:25"Динамо" легионери узоқ муддатга сафдан чиқди  0 12:51Алонсонинг биринчи қурбони: "Реал" мураббийи ҳимоячилардан биридан воз кечди  1 12:23"Динамо" етакчиларидан бири жиддий жароҳат олди. У Туркияда операция қилинади  2 11:57"Машъал" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  0 11:30Ибрагимович Мессининг жамоадошларини танқид қилди: "У ҳайкаллар билан ўйнамоқда"  15 10:40"Астон Вилла" бир қатор футболчилар билан хайрлашди  0 10:12Лионель Месси кежалаги борасида бир қарорга келди  19 09:55КЖЧ. "Ал Ҳилол" тўртта гол уриб, "Манчестер Сити"ни мусобақадан чиқариб юборди  41 09:43ОКМК дарвозабони жамоани тарк этишга яқин  1 09:10"Ким қолишни истамаса, хайр!". "Интер" сардори Лаутаро ЖЧни тарк этганига муносабат билдирди  6 08:44Сенсация! "Ал Ҳилол" даҳшатли ўйинда "Манчестер Сити"ни мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  100 08:20Суперлига. 15-тур баҳсларининг бошланиш вақтлари маълум  0 07:40Криштиану Роналду: "Бу аллақачон ўтмиш"  19 04:34"Манчестер Сити" — "Ал Ҳилол". Таркиблар маълум  67 02:00КЖЧ. "Интер" Бразилия жамоасига мағлуб бўлди ва турнирни тарк этди  25

"Bunyodkor": Bolalar futboli. 2-bosqich. 9-tur Yangiliklar

"Bunyodkor": Bolalar futboli. 2-bosqich. 9-tur

11 oktyabr kuni futbol klubi tarbiyalanuvchilari o'rtasida Toshkent shahar birinchiligining 2-bosqich 9-tur uchrashuvlari o'tkazildi.

Xabaringiz bor, ushbu musobaqada jamoamiz nomidan Bunyodkor-A va Bunyodkor-B ishtirok etadi va musobaqada g'oliblik uchun asosiy davogarlardan hisoblanishadi.

Bunyodkor-A bu gal o'z uyida Lokomotivning turli yosh toifasidagi jamoalarini qabul qildi. Bunyodkor-B esa ROZK mehmoni bo'ldi. Eslatib o'tamiz, Bunyodkorning 2003 yilda tug'ilgan futbolchilari Qozog'istonning CHimkent shahrida Muxtor O'razaliev xotirasiga bag'ishlab o'tkazilayotgan xalqaro turnirda qatnashayotganliklari bois shu yoshdagi bolalardan tuzilgan jamoalarimizning o'yinlari boshqa kunga qoldirildi.

Bunyodkor-A Lokomotiv 2:1 2005 y
Bunyodkor-A Lokomotiv 2:3 2004 y
Bunyodkor-A Lokomotiv 1:0 2002 y
Bunyodkor-A Lokomotiv 2:0 2001 y
Bunyodkor-A Lokomotiv 6:0 2000 y
Bunyodkor-A Lokomotiv 3:0 1999-98 yy.

Mazkur qarama-qarshiliklarda 6 uchrashuv bo'lib o'tdi. SHulardan 5 tasida bunyodkorchilar zafar quchishdi. Mehmonlardan faqatgina bir jamoa uyga g'alaba bilan qaytishga erishdi. O'zaro uchrashuvlarda qaldirg'ochlar 15, temiryo'lchilar 3 ochko ishlashdi. Bunyodkor-A raqiblari darvozalariga 16 bor yo'l topa olgan bo'lsa, Loko futbolchilari 4 marta darvozani ishg'ol qilishdi. Eng yirik hisob 2000 yilda tavallud topganlar bahsida qayd etildi - 6:0. Eng kam gol 2002 yilda tug'ilganlar bellashuvida kuzatildi -1:0. To'plar farqi 16-4 Bunyodkor-A foydasiga.

ROZK Bunyodkor-B 4:1 2005 y
ROZK Bunyodkor-B 1:0 2004 y
ROZK Bunyodkor-B 5:1 2002 y
ROZK Bunyodkor-B 1:1 2001 y
ROZK Bunyodkor-B 3:0 2000 y
ROZK Bunyodkor-B 0:1 1999-98 yy

Bunyodkor-B jamoalaridan bu turda omad yuz o'girdi. O'tkazilgan o'yinlarda 1 durang va 1 ta g'alabani qo'lga kirita olishdi, xolos. Qolgan bahslarda ROZK futbolchilari ustun kelishdi.

Keyingi tur 18 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. Unda har ikki jamoamiz safarda o'ynaydi. Bunyodkor-A Paxtakor mehmoni bo'lsa, Bunyodkor-B BO'SM-16ga qarshi to'p tepadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика