"Bunyodkor" bilan shartnoma tuzgan turkmanistonlik futbolchi haqida nimalarni bilish kerak?
06 jan 2020 13:15
Yangiliklar


"Bunyodkor" bilan shartnoma tuzgan turkmanistonlik futbolchi haqida nimalarni bilish kerak?
O'tgan mavsumda "Oltin Asr"da o'ynagan turkmanistonlik hujumchi Selim Nurmuradov "Bunyodkor" bilan shartnoma tuzgani haqida xabar bergandik.
23 yoshli Selim Nurmuradov Qozonning "Rubin" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Turkmanistonlik futbolchi "Bunyodkor" bilan 2020 yil oxiriga qadar shartnoma tuzdi.
Selim Nurmuradov 1996 yil 22 mart kuni Ashxobodda tug'ilgan. Uning otasi Berdimurad Nurmuradov — mashhur futbolchi bo'lgan. 2013-2014 yillarda Selim "Rubin" yoshlar jamoasida o'ynagan. 2014 yil Turkmanistonga qaytib "Oltin Asr" bilan shartnoma tuzgan. 2014-2019 yillarda olti marta ketma-ket mamlakat chempioniga aylangan. Bu haqda turkmenportal.com sayti xabar berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar