"Bunyodkor" asosiy jamoasi Belarusda, o'rinbosarlari esa Xorvatiyada yig'in o'tkazadi
30 iyu 2022 22:32
Yangiliklar
"Bunyodkor" asosiy jamoasi Belarusda, o'rinbosarlari esa Xorvatiyada yig'in o'tkazadi
Ikkinchi davraga yanada yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishni maqsad qilgan "Bunyodkor" xorijda yig'in tashkil qiladi.
Viktor Karpenko boshchiligidagi jamoa azolari 11-23 iyul kunlari Belarus poytaxti Minsk shahrida mashg'ulotlar olib boradi. U erda xorij klublariga qarshi 4 ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish rejalashtirilgan.
Abduhamid Qodirov ustozlik qilayotgan "Bunyodkor" U-21 esa Xorvatiyaga safar qilishi ehtimoli katta. Mazkur yig'in 18-31 iyul kunlari Zagrebda o'tadi. Yig'in davomida jamoa Sloveniya, Xorvatiya jamoalariga qarshi o'rtoqlik bahsida maydonga tushishi mumkin.
Fikrlar