So’nggi yangiliklar

10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  2 10:24Мусиала операция қилинди  2 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  6 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  5 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  8 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  3 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  5 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  4 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  1

"Bunyodkor" - Andijondan g'alaba bilan Yangiliklar

"Bunyodkor" - Andijondan g'alaba bilan

Oliy liganing 13-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Bunyodkor" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borish mumkin bo'ldi.
Andijon (Andijon) – Bunyodkor (Toshkent) 0:2
20 iyun 2015. Andijon. "Sog'lom Avlod" stadioni. 18:30
Hakamlar:
B. Namozov (Toshkent), R. SHoyaxmetov (Toshkent), V. Lushin (Guliston), D. Pislegin (Toshkent)
Nazoratchi: V. Valickiy (Toshkent).
Gollar: Sato Minori 37, - 0:1 (Sardor Sobirxo'jaev). Doston Hamdamov 90+2 (Sardor Rashidov)
"Andijon": 12.Gennadiy Moshnyaga, 3.Davron Tursunov, 4.Rahim Qodirov, 7.Asqar Jadigerov (11.Abdumalik Abdullaev, 46), 9.Lochin Soliev, 10.Predrag Vuyovich, 17.Timur Vasilev, 18.Rustam Azamov, 21.Javlon Guseynov, 28.Rasul Rahmonov (S), 55.Asror Rahmonov (22.Iqbol Akramov, 40)
Zaxira: 1.Eldor Isaboev, 8.SHukur Jumaboev, 19.Doniyor Usmonov, 33.Umirillo Ramazonov, 70.Farruh SHotursunov

"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuhurov, 2.Akmal SHorahmedov, 4.Xayrulla Karimov (S), 6.Anvar G'ofurov, 8.Jovlon Ibrohimov, 9.Minori Sato, 13.Ivan Miloshevich, 17.Dostonbek Hamdamov, 19.Zabihillo O'rinboev (20.Samir Bekrich, 89), 27.Sardor Sobirxo'jaev, 39.Eldor SHomurodov
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 10.Anvar Berdiev, 15.Obid Jo'raboev, 16.Artyom Filiposyan, 21.Sardor Rashidov, 40.Temur Ayupov

Ogohlantirishlar: Asror Rahmonov 31, Davron Tursunov 51.


                                MATNLI TRANSLYACIYA
                                          
YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. "Bunyodkor" safardan g'alaba bilan qaytmoqda

90+2'-Qarshi hujum. SHorahmedov Rashidovni, Sardor esa Hamdamovni qulay vaziyatga chiqardi. Dostonbek birga-bir vaziyatdan unumli foydalandi - 0:2

90+2. GOOOOOOOOOOOOOOOL! 0:2 Doston Hamdamov

86. "Bunyodkor" tarkibida o'zgarish:
Zabihillo O'rinboev o'rniga Samir Bekrich maydonga tushdi.

83.
Rasul Rahmonov kutilmaganda 40 metrlardan darvoza tomon zarba berdi. Zuhurov qiynalgan holda mushtlari bilan to'pni urib yubordi.

82.
Ayupovning zarbasi... Moshnyagaga qoyil qolish kerak. U ko'p vaziyatlarda andijonliklarni muqarrar gollardan saqlab qolmoqda.

80.
Rashidovning hatti-harakatlariga tasanno deyish kerak. U uch raqibni ko'rmadim deb, aldab o'tib ketyapti.

78. "Andijon" tarkibida ham o'zgarish.
Lochin Soliev o'rniga SHukur Jumaboev tushdi.

78. O'zgarish. "Bunyodkor".
Eldor SHomurodov o'rniga Temur Ayupov tushdi.

77.
Yana Rashidov. U uch futbolchini aldab o'tib, darvozaga zarba berdi. Bu safar Moshnyaga to'pni ushlab oldi.

75.
Oldinga o'tib ketayotgan Rashidovni qo'llari bilan ushlab qolgani uchun Rahmonov ogohlantirildi.

73.
Abdullaev o'z tezligi hisobiga himoyachilarimizdan qochib ketdi. Uning birga-bir vaziyatdagi yakuniy zarbasini Zuhurov qaytardi.

68.
Abdullaevni qo'pollik bilan to'xtatib qolgani uchun Akmal SHorahmedov ogohlantirildi.

65. O'zgarish. "Bunyodkor".
Sardor Sobirxo'jaev o'rniga Sardor Rashidov tushdi

65.
Hamdamov tepgan to'pni Moshnyaga qiyinchilik bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

61.
Abdullaev uzoq masofadan Zuhurov qo'riqlayotgan darvoza tomon zarba berdi. Murodjon to'pni qaytarishga erishdi.

59.
SHomurodov to'pni O'rinboev uzatdi. Zabihillo darvoza tomon tepgan to'pga ozgina aniqlik etishmadi.

53.
Sobirxo'jaevning oyog'iga ochiqchasiga tepgan Davron Tursunovga sariq kartochka ko'rsatildi.

51.
Hamdamovning yaqin masofadan tepgan to'pini Moshnyaga qaytardi.

46.
"Andijon" tarkibida o'zgarish. Asqar Jadigerov o'rniga Abdumalik Abdullaev tushdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi

45+1.Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob 0:1

43.
"Bunyodkor" futbolchilarida ketma-ket vaziyatlar bo'lmoqda. Ammo ularni samarali yakunlashga kelganda futbolchilardan omad yuz o'girmoqda.

40.
"Andijon" tarkibida o'zgarish. Asror Rahmonov o'rniga Iqbol Akramov tushdi.

37. Sobirxo'jaev qarshi hujumda faol o'ynadi va ikki futbolchini aldab o'tib, Satoni qulay vaziyatga chiqardi. Sato vaziyatni golga aylantirdi - 0:1.

37. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 0:1. Minori Sato


33. Rustam Azamov bir necha futbolchilarni aldab o'tib, darvozamizga zarba berdi. G'ofurov to'p yo'liga to'g'anoq bo'lishga erishdi.

30. G'ofurovning faolligidan so'ng Hamdamov qulay vaziyatga chiqarildi. Ammo Dostonbek chamasi 10-12 metrlardan darvozani ishg'ol qilolmadi.

26. Burchakdan oshirilgan to'pni SHomurodov boshi bilan darvozaga yo'lladi. Moshnyaga o'z o'rnida.

22. SHomurodov raqibdan to'pni olib qo'yib, darvozaga zarba berdi. Noaniq.

19. SHorahmedovning o'ng qanotdan oshirgan pasini O'rinboev darvozaga boshi bilan to'g'riladi. Moshnyaga katta qiyinchilik to'pni burchakka chiqarib yubordi.

15. Sato Minori jarohat oldi. Unga shifokorlar yordam ko'rsatishyapti.

12. Guseynov to'pni SHorahmedovga oldirib qo'ydi. Biroq Akmal sheriklariga yakuniy to'pni oshirishda aniq o'ynay olmadi.

9. SHorahmedov uzatgan to'pdan so'ng Hamdamov yana darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqdi. Ammo bu safar u "ofsayd"da qoldi.

8. G'ofurovning pasidan so'ng Hamdamov o'tkir burchakdan qulay vaziyatga chiqdi. Ammo Dostonbekning yakuniy zarbasi yaxshi chiqmadi.

6. Hamdamov, SHomurodov va O'rinboev uchligi hozircha juda faol o'yin ko'rsatishmoqda.

4. Xavfli vaziyat!!! Satoning kutilmagan kuchli zarbasini Moshnyaga katta qiyinchilik bilan qaytardi.

3. Hozircha andijonliklar to'pni o'z jarima maydonchalari yaqinida bir-birlariga oshirishgan holda saqlab turishibdi.

1.Uchrashuv soat 18:30da boshlandi.




Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика