So’nggi yangiliklar

10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  2 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  1 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  2 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  9 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  2 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  8 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  10 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  31 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  5 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  1

"Bunyodkor" – "Al SHabab". Kim Dong Jin jamoalarimiz uchun qanchalik omadli? Yangiliklar

"Bunyodkor" – "Al SHabab". Kim Dong Jin jamoalarimiz uchun qanchalik omadli?

Bugun Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasidagi "Bunyokdor" - "Al SHabab" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

OFK bu o'yinga koreyalik Kim Dong Jinni bosh hakam etib tayinladi. Biz bu hakam haqida malumot berishga qaror qildik.

BUNYODKOR – AL SHABAB
Bosh hakam: Kim Dong Jin (Janubiy Koreya)
1973 yilda tug'ilgan ushbu hakam jamoalarimiz ishtirokidagi 11ta o'yinda ishlagan. 7tasida vakillarimiz g'alaba qozonishgan, bir uchrashuvda durang qayd etilgan. Kim Dong Jin boshqargan uchta uchrashuvda jamoalarimiz imkoniyatni boy berishgan.

Kim Dong Jin boshqargan o'yinlarni eslab o'tamiz: JCH-2010 saralashi doirasidagi Singapurga qarshi Toshkentdagi o'yinda terma jamoamiz 1:0 hisobida zafar quchgandi. 2012 yilgi Olimpiada saralashida Toshkentda Iroq olimpiyachilari 2:0 hisobida taslim qilingan.

OCHL-2009 guruh bosqichida "Paxtakor" Saudiya Arabistonida "Al Hilol" mehmoni bo'lgan va 0:2 hisobida yutqazib qo'ygan. CHorak finalda "Al Ittihod"ga imkoniyat boy berilgan - 0:4.

OCHL-2008 guruh bosqichida "Bunyodkor" Suriyada "Al Ittihod" mehmoni bo'lib 2:0 hisobida zafar quchgan. 2009 yilgi OCHLda "Bunyodkor" 1/8 finalda "Persepolis"ni Eronda 1:0 hisobida taslim qilgan. Keyingi yil guruh bosqichida "qaldirg'ochlar" Toshkentda BAAning "Al Vahda" klubini 4:1 hisobida mag'lub etishgan. Nihoyat o'tgan yil "Bunyodkor" Saudiya Arabistonida "Al Fath" bilan durang o'ynagan - 0:0.

Aynan shu hakam 2011 yilgi OFK kubogi finalida ishlagan. Qarshida o'tgan bahsda "Nasaf" "Quvayt SK"ni 2:1 hisobida mag'lub etgani barchaning yodida.

O'tgan mavsumda Kim Dong Jin klublarimiz ishtirokidagi ikkita o'yinda ishlagandi. "Bunyodkor" Toshkentda Eronning "Persepolis" klubiga yutqazib qo'ygandi (0:1). "Lokomotiv" esa o'z uyida "Al Sadd"ni tor-mor etgandi - 5:0.   

Narzulla Saydullaev

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика