So’nggi yangiliklar

12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  2 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  1 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  4 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  6

"Bunyodkor" akademiyasida o'yin yo o'tkazmang, yo OAVga yo'l oching! Yangiliklar

"Bunyodkor" akademiyasida o'yin yo o'tkazmang, yo OAVga yo'l oching!

O'zbekistonda nechta stadion bo'lsa, birortasida "Bunyodkor" stadionidagiga o'xshash muammo yo'q.

Asosiy tarkib o'yinlari, yani "Bunyodkor" jamoasining oliy liga, O'zbekiston Kubogi va OCHL o'yinlariga muammo yo'q.
Ammo akademiya, o'rinbosarlar, PFL kubogi, oliy liga jamoalarining mashg'ulotlarini kirib ko'rishning umuman iloji yo'q. O'rinbosarlar o'yini PFL qonuniga ko'ra muxlislar uchun ham ochiq bo'lishi kerak aslida. PFL doirasidagi birorta o'yin yopiq holatda o'tkazilishi mumkin emas, agarki PFLning o'zi buni taqiqlamasa.

Qo'lingizda hujjatingiz bo'lsa-da, "Bunyodkor"ning o'yini bo'lmagan o'yinlarga ham bir nechta qo'ng'iroqlar orqali amal-taqal qilib o'yinga kirasiz. Sal bo'shroq bo'lsangiz, jetoningizni tashlab uyingizga ketaverasiz. Futbol kim uchun, muxlis uchun! Muxlisga kim etkazadi? OAV! SHunday ekan, nega biz sarson-sargardon bo'lishimiz kerak? Nega bolalar futbolini yoritishga haqqimiz yo'q?

"Bunyodkor" jamoasi bilan anchadan beri hamkorlik qilamiz. Biron marta ularga nisbatan asossiz maqola yozmaganmiz. SHunday ekan, mazkur masalaning ham ko'rib chiqilishini iltimos qilamiz. Futbol avvalo muxlis uchun, muxlisga esa xabarlarni BIZ etkazamiz!

OAV qo'lida PFL tomonidan berilgan hujjat bor ekan, demak u qorovulga o'shani ko'rsatgan holda stadion hududiga kirish huquqiga ega.

P.S: Bu muammo ikki yildan beri davom etayotganligi uchun yozishga majbur bo'ldik.

Suratga izoh: Bu stadionga yil davomida OAV kirib, muxlislarga qaynoq xabarlarni etkazib turishi kerak.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика