“Bunyodkor-99” tayyorlov guruhlari chempioni!
13 noy 2015 15:36
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/188538_original.jpg)
![](/upload/storage/188538_220.jpg)
“Bunyodkor-99” tayyorlov guruhlari chempioni!
Vodiydagi bahslarda 1999-2000 yillarda tavallud o'smirlar kuch sinashishdi. Musobaqaning guruh bosqichi haqida avvalgi xabarlarimizda malumot berib o'tgandik. Dilmurod Abdullaev ustozligidagi “Bunyodkor-99” futbolchilari yarim finalda “Neftchi” vakillari bilan final yo'llanmasi uchun kurashishdi. Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. SHundan so'ng, g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. “Lotoreyalar bahsi”da “qaldirg'ochlar” omadliroq chiqishdi va farg'onaliklardan 5:4 hisobida ustun kelishdi. Qashqadaryov derbisi nomi ostida kechgan ikkinchi yarim finalda “Nasaf” 6:4 hisobida “Alanga”ni mag'lubiyatga uchratdi.
Bugun o'tgan “Bunyodkor” – “Nasaf” uchrashuvida musobaqa g'olibi nomi malum bo'ldi. Qiziqarli kechgan bahsda “Bunyodkor-99” hujumchichisi Abbosbek Jumaqulov tomonidan kiritilgan yagona gol “qaldirg'ochlar”ga g'alaba keltirdi. SHu tariqa, 1999-2000 yillar o'rtasidagi 2015 yilgi tayyorlov guruhlari turnirida “Bunyodkor-99” birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar