

Ayni paytda o'smirlar o'rtasidagi Yevropa chempionati saralash musobaqasiga tayyorgarlik ko'rayotgan Qozog'iston U-17 terma jamoasi tayyorgarlik bosqichi doirasida “Bunyodkor” futbol maktabining 1999 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari bilan kuch sinashmoqchi ekanliklarini bildirishgan. Ushbu murojaatni “Bunyodkor” FK qabul qilib, o'rtoqlik uchrashuvini tasdiqladi.
Shu tariqa, tomonlar “Bunyodkor-99” va Qozog'iston U-17 terma jamoasi o'rtasidagi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvini 13 avgust kuni Chimkent shahrida o'tkazishga kelishib olindi.
Qayd etish kerakki, qozog'istonliklarning ushbu yoshdagi terma jamoasiga ispaniyalik mutaxassis Karles Martorell murabbiylik qilmoqda.



