"Bunyodkor" 9 yildan buyon Namanganda g'alaba qozona olmayapti
18 okt 2025 11:16
Yangiliklar
"Bunyodkor" 9 yildan buyon Namanganda g'alaba qozona olmayapti
Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi "Navbahor" mehmoni bo'ladi. Jamoalar shu kunga qadar Namanganda 19 marotaba to'qnash kelishgan, bu o'yinlarda kichik ustunlik "lochinlar" tomonida bo'lib turibdi 8 g'alaba, "qaldirg'ochlar" 7 ta uchrashuvda 3 ochkoga ega chiqqan bo'lsa, 4 ta bellashuvda g'olib nomi aniqlanmagan.
"Bunyodkor" oxirgi marotaba 2016 yil Sergey Lushchan bosh murabbiyligida "lochinlar"ni safarda taslim qilgan va 3 ochkoga ega bo'lgandi (3:1). Keyingi 9ta bahsda Toshkent klubi g'alaba qozona olmagan.
19.08.2024. "Navbahor" - "Bunyodkor" 2:2
11.11.2023. "Navbahor" - "Bunyodkor" 3:0
06.05.2022. "Navbahor" - "Bunyodkor" 2:1
17.10.2021. "Navbahor" - "Bunyodkor" 2:1
27.10.2020. "Navbahor" - "Bunyodkor" 2:1
06.04.2019. "Navbahor" - "Bunyodkor" 2:3 (o'yin Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida bo'lgan)
10.11.2018. "Navbahor" - "Bunyodkor" 1:0
20.04.2018. "Navbahor" - "Bunyodkor" 2:1
27.05.2017. "Navbahor" - "Bunyodkor" 1:1
15.06.2016. "Navbahor" - "Bunyodkor" 1:3
Malumot uchun, bugungi o'yin 17:00da start oladi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar
Inshaollox Bunyodkor Namangandan g'alaba bilan qaytadi
Olg'a Bunyodkor nasl qisa 3 ochko olamiza