"Bunyodkor" 5 yildan beri Qarshidan g'alabasiz qaytmoqda. "Paxtakor" mehmonda eng ko'p ochko jamg'argan

Iskandarov Abdulaziz
24 sen 2023, 15:25
Bugun Superliganing 19-turidan o'rin olgan navbatdagi ikki uchrashuv bo'lib o'tadi.

Qarshida "Nasaf" o'z maydonida "Bunyodkor"ni mehmon qilsa, "Paxtakor" Jizzaxga safar uyushtiradi. Har ikki uchrashuv ham qiziqarli o'tishi shubhasiz. Biz esa mazkur o'yinlar oldidan ayrim ma'lumotlarni keltirib o'tamiz. 

- "Paxtakor" 2019 yildan buyon Jizzaxdan ortga g'alabasiz qaytmoqda. 

2020. "So'g'diyona" - "Paxtakor" 1:0

2021. "So'g'diyona" - "Paxtakor"  1:0

2022. "So'g'diyona" - "Paxtakor" 2:2

Bu oraliqda jamoani Piter Xyuistra, Slavche Voyneski va Maksim Shackix boshqarishga ulgurdi. 

- "Paxtakor" bu yil mehmonda eng ko'p ochko qo'lga kiritgan jamoa hisoblanadi va bu formatda ham jamoa yetakchilikni qo'lga olgan. Natijalar: 7 g'alaba, 1 durang, 1 mag'lubiyat, to'plar nisbati 16-8, 22 ochko. Raqib maydonidagi yagona mag'lubiyat 2-turda "Neftchi"dan qabul qilib olingan. 

- Ivan Boshkovich murabbiy sifatida "Paxtakor"ga qarshi 3 marotaba jamoasini maydonga boshlab tushgan va 3tasida ham mag'lubiyatga uchragan. Demak chernogoriyalik murabbiy ishlagan jamoalarida "sherlar"ni taslim qila olgani yo'q. 

- "Bunyodkor" 2018 yildan buyon Qarshida g'alaba qozona olmayapti. Bu borada Mirjalol Qosimov "Nasaf"ni safarda yutgan so'nggi "qaldirg'och" bo'lib turibdi. 

2019. "Nasaf" - "Bunyodkor" 3:1

2020.  "Nasaf" - "Bunyodkor"  2:2

2021.  "Nasaf" - "Bunyodkor" 5:0

2022.  "Nasaf" - "Bunyodkor" 1:1

- Poytaxt klubi "Nasaf" bilan o'yinlardagi so'nggi g'alabasini 2021 yil o'z maydonida Shuhrat Maqsudov murabbiyligida nishonlagan (2:0). 

- "Nasaf" o'z maydonida 8ta o'yindan beri mag'lubiyatga uchramayapti. "Andijon" "ajdarlar"ni safarda taslim qila olgan yagona jamoa bo'lib turibdi. 

- Rahimbek Karimov bu yil "Bunyodkor" - "Nasaf" o'rtasidagi 2-o'yinda ham ishlaydi. Jamoalarning birinchi davradagi o'yinida u bosh hakam sifatida uchrashuvni boshqargan bo'lsa, 24 sentyabr kuni bo'ladigan o'yinda VARda ishlaydi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia