"Bunyodkor-2004" - Qozog'istondagi musobaqa g'olibi!
27 mar 2016 19:54
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/202876_original.jpg)
![](/upload/storage/202876_220.jpg)
"Bunyodkor-2004" - Qozog'istondagi musobaqa g'olibi!
SHu kunlarda "Bunyodkor" klubining bir yo'la uch yosh toifasidagi jamoalari turli musobaqalarda ishtirok etishmoqda.
2004 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat bo'lgan jamoa Qozog'istonning Olma Ota shahrida o'tkazilgan xalqaro musobaqada g'olib bo'ldi. Ushbu jamoaga Mirkamol Qosimov va Temur Boboxonov murabbiylik qilmoqda.
2003 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat "Bunyodkor"ning ikki jamoasi Buxoroda o'tayotgan "Navro'z" kubogida qatnashmoqda. Alisher Ibragimov va Furqat Samegov boshchiligidagi jamoalar yarim finalda "Paxtakor" va "Buxoro"ga qarshi maydonga tushadi.
Nihoyat Akmal Risqullaev va Sergey CHigodaev boshchiligidagi "Bunyodkor-2002" Qozog'istonning CHimkent shahridagi xalqaro musobaqada ishtirok etmoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar