“Bunyodkor-2003” Rossiyadagi turnir g'olibi!
01 may 2017 11:28
Yangiliklar
“Bunyodkor-2003” Rossiyadagi turnir g'olibi!
24-29 aprel kunlari Rossiyaning Nijnekamsk shahrida Aleksandr Vinnikov xotirasiga bag'ishlab ananaviy turnir tashkil etildi. Musobaqada jami 10ta jamoa ikki guruhga bo'lingan holda bosh sovrin uchun kurash olib borishdi.
Alisher Ibrohimov va Baxtiyor Jo'raev murabbiyligidagi tarbiyalanuvchilarimiz guruh bosqichida “Nefteximik” (Nijnekamsk), “Sizran-2003” (Sizran), “Ufa-2003” (Ufa) va “Spartak” (Yoshkar-Ola) jamoalaridan usun kelishib, finalga yo'llanma olishdi. Turnirning hal qiluvchi bahsida ikkinchi guruhda g'olib chiqqan Qozon U-14 terma jamoasi bilan kuch sinashildi. Qiziqarli kechgan bahsda vakillarimiz 2:0 hisobida zafar quchishib, g'oliblikni qo'lga kiritishdi.
Ushbu muvaffaqiyat bilan “Bunyodkor-2003” murabbiylari Alisher Ibrohimov va Baxtiyor Jo'raevni muborakbod etamiz.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar