“Bunyodkor-2000” Xitoydagi turnirni g'alaba bilan boshladi
26 jan 2015 15:53
Yangiliklar

“Bunyodkor-2000” Xitoydagi turnirni g'alaba bilan boshladi
U-15 yosh toifasidagi futbolchilardan iborat jami to'rtta jamoa bosh sovrin uchun kurash olib borishmoqda.
Musobaqada mezbonlar “Sungdo” (Xitoy), “Kiongido” (Janubiy Koreya), “Yusonyon” (SHimoliy Koreya) va “Bunyodkor” (O'zbekiston) jamoalari ishtirok etishmoqda.
Turnir nizomiga ko'ra, har bir jamoa bir-birlari bilan o'zaro bahs olib borishadi. Guruh bosqichi yakuniga ko'ra, eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgan ikki jamoa bosh sovrin uchun final bahsida qatnashishadi. Guruhda quyi ikki pog'onani band etgan jamoalar esa 3-o'rin uchun o'tkaziladigan o'yinda o'zaro kuch sinashishadi.
Bugun turnirning ilk o'yinida Otabek G'ulomxo'jaev boshchiligidagi “Bunyodkor-2000” futbolchilari mezbonlarga qarshi bahs olib borishib, 3:1 hisobida zafar quchishdi. Gollarga Abdunozir Abdurahmonov (2ta) va Abdulxay Ismoilov mualliflik qilishdi.

Fikrlar