So’nggi yangiliklar

00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  0 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  0 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  66 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  3 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  1 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   5 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7 19:00МЮ "Брайтон" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда. "Милан" ҳам ушбу футболчи борасида маълумот йиғяпти  0 18:33Машарипов кичик жароҳат олди  1

“Bunyodkor-2” Birinchi ligadagi o'rnini saqlab qoldi Yangiliklar

“Bunyodkor-2” Birinchi ligadagi o'rnini saqlab qoldi

“Bunyodkor” farm-klubi Birinchi ligada qolish vazifasini uddaladi.
Bugun O'FF suniy qoplamali maydonida “Bunyodkor-2” va Jizzaxning “G'allakor-Avtomobilchi” jamoalari o'rtasida Birinchi ligada qolish uchun bahs bo'lib o'tdi.

Murod Otajonov ustozlik qilayotgan yosh “qaldirg'ochlar” raqiblariga qaraganda anchayin chiroyli va hujumkor futbol namoyish etishdi. “G'allakor-Avtomobilchi” azolari birinchi bo'limda bir muncha raqobatga dosh bergan bo'lsalar-da, o'yinning ikkinchi 45 daqiqaligida to'liq ustunlik “Bunyodkor-2”da bo'ldi.

Dastavval uchrashuvning 13-daqiqasida Mirjamol Qosimov darvozabon ustidan to'pni oshirib, judayam chiroyli gol muallifiga aylangan bo'lsa, ko'p o'tmay himoyachimiz Bositjon Rahimov kutilmaganda avtogol muallifiga aylanib, hisob tenglashishiga sababchi bo'ldi. Ikkinchi bo'limda esa Islomjon Qobilov, Davron Mamajonov va SHaxboz Tojiboev “Bunyodkor-2”ning 4:1 hisobidagi g'alabasini taminlovchi gollarga mualliflik qilishdi.

SHu tariqa, muhim bahsda yosh “qaldirg'ochlar” g'alabani qo'lga kiritishib, Birinchi ligadagi o'z o'rinlarini saqlab qolishdi.

“G'ALLAKOR-AVTOMOBILCHI” – “BUNYODKOR” 1:4 (1:1)
Gollar:
Mirjamol Qosimov 13 (0:1), Bositjon Rahimov 25 avtogol (1:1), Islomjon Qobilov 47 (1:2), Davron Mamajonov 79 (1:3), SHaxboz Tojiboev 84 (1:4)
Ogohlantirishlar: Azizbek Malikov 30, Azamat Madaliev 36, Sobitjon Xayrullaev 54
Amalga oshirilmagan penalti: Xurshid G'iyosov 55 (darvozabon)
“G'allakor-Avtomobilchi”: 1.Inom Xonimqulov, 4.Botir Xolliev, 5.Doston Bahromov, 7.Baxritdin Rahmonqulov, 8.Azizbek Malikov, 10.Zafar Narziqulov (S), 12.Azamat Madaliev, 13.Jasur Hasanov, 19.Madaminbek Xojiboev, 20.Sobitjon Xayrullaev
Zaxiradan maydonga tushganlar: 3.Bekzod Baxritdinov, 6.Ergash Rahmonqulov, 9.Muxritdin Sayfiev, 11.Izzatillo SHavkatov, 17.Asliddin Meliboev, 23.Ferdauz Farhodov
“Bunyodkor”: 1.Zafar Safoev (S), 3.SHaxboz Tojiboev, 4.Mirjamol Qosimov, 9.Bositjon Raximov, 11.Javoxir Esonqulov, 13.Islomjon Qobilov, 16.Xurshid G'iyosov, 19.Azizbek Mamazoitov, 20.Sardorbek Azimov, 21.Farhod Namozov, 24.Davron Mamajonov
Zaxiradan maydonga tushganlar: 5.Tursun Rahimberdiev, 7.Muhammad Qahramonov, 8.Sanjar Qodirqulov, 17.Sunnat Abdullajonov, 18.Vyacheslav Purak, 29.Vladislav Nuriev
Hakamlar: M.Ismoilov (Toshkent) – 8,4, X.Mirzaahmedov (Toshkent) – 7,4, T.Galeev (Toshkent) – 8,6, I.Garmashov (Toshkent) – 9
4 noyabr. O'FF suniy qoplamali maydoni. 226 tomoshabin
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика